Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

Yoshlar yetakchilari uchun o‘quv- seminarlari davom etmoqda

26.5.2024 123

Xabaringiz bor, joriy yilning 13-16 may kunlari Bo‘stonliq tumanidagi "Yoshlar oromgohi"da Qashqadaryo, Surxondaryo va Toshkent viloyatidagi mahallalarda faoliyat olib borayotgan 200 dan ortiq yoshlar yetakchilari uchun Yoshlar ishlari agentligi markaziy apparati xodimlari tomonidan o‘quv-seminari tashkil etilgan edi va unda o‘rgangan bilimlarini hududidagi boshqa yetakchilarga ham yetkazish topshirig‘i berilgan edi.

Shundan kelib chiqib, Angren, Olmaliq, Nurafshon, Oqqo‘rg‘on, Bekobod, Zangiota kabi qator shahar va tumanlarda yoshlar yetakchilari uchun o‘quv- seminari tashkil etildi.

Unda respublika o‘quv-seminarida ishtirok etgan yoshlar yetakchilari tomonidan liderlik qobiliyatini shakllantirish, vaqtdan unumli foydalanish, yoshlar murojaatlari, besh tashabbus loyihalari, “Yoshlar daftari” tizimidan maqsadli foydalanish,"Ibrat farzandlari" kabi bir qator yo‘nalishlarda tushunchalar berildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish