Yoshlar ishlari agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan mahalladagi yoshlar yetakchilarini doimiy ravishda bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida o‘quv-seminar o‘tkazilishi rejalashtirilgan edi.
Shu maqsadda bugun Nurafshon shahridagi Yoshlar markazida mazkur shahardagi mahallalarda faoliyat olib borayotgan yoshlar yetakchilari bir davrada jam bo‘lishdi.
????Jarayonlarda yoshlar yetakchilariga Yoshlar ishlari agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi boshlig‘i Miraziz Mirsultonov hamda tegishli mutaxassislar tomonidan “Yoshlar balansi”, “Yoshlar daftari” tizimidan maqsadli foydalanish, “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi musobaqalarni tashkil etish, huquqbuzarlikka moyilligi bor yoshlar, migratsiyadagi o‘g‘il-qizlar bilan ishlash kabi bir qator yo‘nalishlarda tushunchalar berilmoqda.