Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

Yuqori intellektning kutilmagan 7 belgisi

8.11.2023 529

Olimlar yuqori aqliy salohiyatga ega boʻlgan aksariyat insonlarda koʻzga tashlanuvchi umumiy belgilarning roʻyxatini tuzib chiqqanlaridan xabardormisiz? Agar ushbu xususiyatlar sizda ham mavjud boʻlsa, bilingki, yuqori intellekt sohibisiz.

1. Yolgʻizlikda hech qachon zerikib qolmaysiz.

Yolgʻizlikdan zavqlanish – aqlli insonlarga xos boʻlgan xususiyat. Yuqori aqliy salohiyatga ega boʻlgan odam hech qachon bir oʻzi yolgʻiz qolib ketishdan qoʻrqmaydi, oʻz ongini nima bilan band qilishni yaxshi biladi va yolgʻizlik onlaridan zavqlanadi.

2. Har qanday yoshda ham qiziquvchansiz.

Har bir daho inson ichida bolakay yashaydi, u atrofni, odamlarni, yangi sohalar va tushunchalarni oʻrganishga intiladi, oʻrganish va izlanishdan quvonadi. Qiziquvchanlik — aqlingiz kundan kunga rivojlanib borayotganidan darak beradi.

3. Har qanday vaziyatga osonlik bilan moslashasiz.

Yuqori aqliy salohiyatga ega boʻlgan insonlar murakkab vaziyatlarda tushkunlikka tushsalar ham zudlik bilan muammolarning yechimini topishga harakat qilishni boshlaydilar. Ulardagi depressiya holati uzoq davom etmaydi. Yuqori intellekt yuzaga kelgan holatga tezlik bilan moslashishga imkon beradi.

4. Dunyoning cheksiz va oʻzingizning hech narsa bilmasligingizni tan olasiz.

Inson yoshi ulgʻayib borgani sayin dunyoning qanchalar cheksiz ekanligini, aslida u haqida hech narsa bilmasligini tushunib yetadi. Bilimingiz juda kam ekanligini tan olsangiz, aslida hech narsa bilmasligingizni anglab yetsangiz, demak – intellekt darajasi yuqori insonlardan birisiz.

5. Oʻzingizni nazorat qilishni bilasiz.

Oʻzingizning kuchli va zaif tomonlaringiz haqida bilasizmi? Aqlli insonlar oʻz kamchiliklari nimalardan iborat ekanligini yaxshi bilishadi, ularni bartaraf etish ustida tinmay mehnat qilishadi. Shuningdek, ular vaqtinchalik koʻngilxushliklarga berilishmaydi, oʻzlarini har qanday vaziyatda nazorat qilishadi.

6. Atrofdagi insonlarning his-tuygʻulari bilan ham qiziqasiz.

Yuqori aqliy salohiyatga ega boʻlgan insonlar xudbinlikka berilishmaydi. Ular atrofdagi insonlarning his-tuygʻulari bilan ham qiziqishadi, ularning dardlariga sherik boʻlishadi, quvonchini birgalikda baham koʻrishadi. Boshqalardan oʻrganishga, hayotiy saboq olishga harakat qilishadi.

7. Oʻz ustingizdan kulishni bilasiz.

Yuqori intellektning yaqqol namoyon boʻluvchi belgilaridan yana biri – hazilkashlik va hazilni koʻtara olish hisoblanadi. Aqlli odamlar hech qachon hazilni jiddiy qabul qilishmaydi, ular kerakli vaqtda oʻzlarining ustidan ham kulishlari mumkin.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish