Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

YURT POSBONLARI BELLASHDI

11.1.2023 102

Ziyovuddin KARIMOV, Yoshlar ittifoqi Jizzax viloyati kengashi matbuot kotibi

Jizzax shahridagi “Yoshlar innovatsion markazi”da O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat kengashi tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 31 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan yosh harbiy xizmatchilar o‘rtasida “Zukko kitobxon” tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

“Milliy armiyamiz Yangi O‘zbekistonning mustahkam qalqonidir” shiori ostida o‘tkazilgan tanlovda Jizzax viloyatidagi harbiy qism, bo‘linma va muassasalardan 60 nafar ishtirokchidan iborat 10 ta jamoa o‘z bilimini sinab ko‘rdi.

Tanlovning yakuniy natijalariga ko‘ra, 1-o‘rinni Mudofaa vazirligiga qarashli Jizzax garnizonidagi harbiy qismning “Renessans” jamoasi, 2-o‘rinni Jizzax viloyati Ichki ishlar boshqarmasining “Qalqon”  jamoasi, 3-o‘rinni Davlat bojxona qo‘mitasi Jizzax viloyati boshqarmasining “Jasorat” jamoasi yoshlari qo‘lga kiritdi. Tanlov g‘oliblari tashkilotchilarning diplom va  esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish