Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

Zakovatli kursantlar zakovatda bellashishdi

16.11.2023 298

Farhodjon Xojayev, Akademiya katta o‘qituvchisi, mayor.

Yangi O‘zbekistonda yosh avlodning ilmga intilish va ma’naviy-intellektual salohiyati, ong-u tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirish, ularning qalbida Ona Vatanimiz, xalqimizga muhabbat va sadoqat tuyg‘usinikuchaytirish, barkamol shaxsni tarbiyalash, kitobga bo‘lgan muhabbatini kuchaytirish, kursantlarning intellektual mantiqiy bilimini oshirish, ularni saralash va intellektual o‘yinlarga keng jalb qilishga alohida e’tibor qaratilgan.

Shuni alohida ta’kidlash joizki, muhtaram Prezidentimizning “Zahmatli mehnati orqali orzu-umidlari ushalgan inson – eng baxtli insondir. Shuning uchun doimo balandlarga intiling, ezgu maqsadingiz uchun kurashing. Doimo o‘qing-o‘rganing, o‘zingizga ishoning, kashfiyotlar qiling, yangiliklar yarating, oldinga dadil qadam tashlang”. – deya aytgan so‘zlari yoshlarimizga dastur amal bo‘lib kelayotir.

Bu borada, Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasida ham kursantlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, iqtidorli va iste’dodli yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning intellektual salohiyatini oshirish hamda yoshlar o‘rtasida milliy istiqlol g‘oyasi va birdamlikni ta’minlash, intellektual sog‘lom raqobatni yuzaga keltirish, yoshlarning bilimga bo‘lgan intilishlarini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, oliy harbiy ta’lim muasssasalarida tahsil olayotgan zakovatli yoshlar bilan fikr almashish imkoniyatini yaratish hamda yoshlar orasida kitobxonlikni targ‘ib qilishga qaratilgan keng qamrovli intellektual o‘yinlar o‘tkazilmoqda. 

Jumladan, 2023-yilning 14-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan, O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi kursantlari o‘rtasida “Mening bayrog‘im muqaddasdir” shiori ostida poytaxtimizning
“Zakovat arenasida” “Zakovat” intellektual o‘yini yuqori saviyada o‘tkazildi.

Mazkur tadbirda “Zakovat” intellektual ko'rsatuvi muallifi va boshlovchisi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiyi Abdurasul Abdullayev,   “Zakovat” nodavlat-notijorat tashkiloti mas’ul xodimlari, Akademiya harbiy xizmatchilari va kursantlar hamda OAV vakillari ishtirok etdi.

Bahs-munozalarga boy bo‘lgan o‘yin davomida Akademiyaning barcha batalon kursantlari o‘rtasidagi 24 ta savollardan iborat shartlar bo‘yicha chinakam bilimlar bellashuvi bo‘lib o‘tdi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Qiziqarli o‘tgan “Zakovat” intellektual o‘yini nizom talablari asosida zakovat nodavlat notijorat tashkiloti mutaxassislaridan iborat hakamlar hay’ati tomonidan adolatli baholanib borildi.

O‘yin natijalariga ko‘ra, eng yuqori ball to‘plagan jamoa “Magistrlar” jamoasi birinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, ikkinchi o‘rinni “Status” jamoasi egalladi. Uchinchi o‘rin esa jamoa “Everest” jamoasiga nasib etdi.

Yakunda g‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan zakovat kubogi, diplom va tashakkurnoma hamda qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan tantanali taqdirlandilar.

 

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish