Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

Zakovatli qashqadaryoliklar

13.12.2023 824

Mahalla yoshlari o‘rtasida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi “Zakovat” intellektual o‘yinining respublika bosqichi Toshkent shahridagi “Zakovat arena”da bo‘lib o‘tdi.

“Zakovat”ga 1 millionga yaqin yoshlar qamrab olindi va respublika bosqichida 14 ta hududdan 3 tadan – 42 ta jamoa ishtirok etdi.

Shiddatli kurashlar va his-hayajonga boy musobaqda mahalla yoshlari o‘z bilimi bilan mutaxassislar olqishiga sazovor bo‘ldi. Yaxshi o‘yin ko‘rsatgan, mantiqiy fikrlash doirasi keng yoshlar mutaxassislar diqqatini tortdi. Bu yoshlar kelajakda “Zakovat”ning liga bahslarida ishtirok etishi shubhasiz.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, Qashqadaryo yoshlari barchadan topqir ekanini isbotladi va dastlabki ikki o‘rinni band etdi: 1-o‘rin Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanidagi “Guliston” mahallasi jamoasiga, 2-o‘rin Qashqadaryo viloyati Koson tumanidagi “Paxtazor” mahallasi jamoasiga, 3-o‘rin Toshkent shahri Olmazor tumanidagi “Beruniy” mahallasi jamoasiga Nasib etdi.

G‘olib jamoalar diplom hamda quyidagi miqdordagi pul mukofotlari bilan taqdirlandi:

1-o‘rin: 100 million so‘m;

2-o‘rin: 60 million so‘m;

3-o‘rin: 40 million so‘m.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish