Adliya vazirligi tomonidan prezidentning “Atrof-muhitni, aholi salomatligini zararli shovqinlar va yoqimsiz hidlar ta’siridan muhofaza qilish sohasini tubdan takomillashtirish yuzasidan kompleks chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni loyihasi ishlab chiqildi.
Loyihada quyidagilarni amalga oshirish nazarda tutilmoqda:
zararli shovqinlar va yoqimsiz hidlarni atrof-muhitga va aholi salomatligiga bevosita zarar yetkazuvchi zararli manbalar deb e’tirof etish;
“Tungi vaqt”ni – soat 23:00 dan soat 6:00 ga qadar bo‘lgan vaqt, “shovqinsiz davr”ni – ish kunlarida soat 23:00 dan soat 7:00 ga qadar hamda dam olish va bayram kunlarida soat 21:00 dan soat 8:00 qadar bo‘lgan vaqt etib belgilash;
2024-yil 1-yanvardan boshlab tungi vaqt va shovqinsiz davr mobaynida bir qator taqiqlar;
“Zararli shovqinlar va yoqimsiz hidlar yagona geoaxborot portali” tizimini yaratish hamda mas’ul xodimlarni tizimdan foydalanish bo‘yicha o‘qitish;
hidlar va yorug‘lik shovqinlari bo‘yicha sanitariya normalari va qoidalarini ishlab chiqish va tasdiqlash;
atmosfera havosini ifloslanishini oldini olish maqsadida bino va inshootlarni qurish, ta’mirlash va buzish ishlarida changning chiqishi va atrof-muhitga tarqalishini oldini olish imkonini beradigan zamonaviy suvni purkaydigan (mikroklimat) texnologiyalarini joriy etish choralarini ko‘rish