Men badiiy tarjima yo‘nalishi bo‘yicha ijod qilib kelaman. Asar tarjima qilish eng murakkab jarayon bo‘lib, u tarjimondan tinimsiz mehnat va o‘z ustida ishlashni talab qiladi. Ana shu yo‘lda har qanday yosh tarjimonga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatuvchi, o‘z tajriba va bilimlari bilan bo‘lishuvchi ustozlar juda zarur.
Bu yil respublika yosh ijodkorlar seminariga qatnashish baxtiga musharraf bo‘ldim. Bu seminardagi har daqiqam mazmunga to‘la va ajoyib xotiralarga boy bo‘ldi. Rustam Musurmon, Nikolay Ilin kabi ustozlardan oltinga teng saboqlarni oldik. O‘z yutuq va kamchiliklarimizni angladik. Bizga shunday ijod muhitida bo‘lishimizga, yangi do‘stlar orttirishimizga imkon yaratgan hamda sovg‘alari bilan siylagan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasiga tashakkur, deyman.