Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

NNTLARGA AMALIY YORDAM

1.12.2022 278

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-iyundagi qarori bilan Mahalliy nodavlat notijorat tashkilotlarining xalqaro grant loyihalarini amalga oshirishda davlat boshqaruvi organlari bilan o‘zaro hamkorlik qilish tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi.

Asosiy maqsad NNTning xalqaro grant loyihalarini amalga oshirish­da davlat organlari tomonidan yuridik va texnik yordam ko‘rsatish, loyihani aholining ijtimoiy muammolarini samarali hal etishga yo‘nal­tirishda uslubiy ko‘mak ko‘rsatishdan iborat.

Nizomga muvofiq:

  • nodavlat notijorat tashkilotining xalqaro grant loyihasiga tegishli sohada vakolatli davlat organi milliy hamkor sifatida jalb etiladi;
  • milliy hamkor xalqaro grant loyihasining samarali amalga oshirilishini taʼminlash, loyihani amalga oshirishda vujudga keladigan muammolarni tezkor hal etish, loyihaning mazmunidan kelib chiqib uni amalga oshirish­da boshqa davlat organlarini jalb qilish va boshqa vazifalarni bajaradi;
  • xalqaro grant loyihasini amalga oshirishda NNTga davlatning ko‘magini samarali tashkil etish maqsadida nodavlat notijorat tashki­loti bilan kelishilgan holda “yo‘l xaritasi” tasdiqlanadi.

Imtiyozni taqdim etish tartibi va muddatlari:

  • Hududiy adliya organi NNTning xorijiy shaxslardan mablag‘lar olinishini kelishgan hamda xorijiy shaxslardan olinadigan mablag‘lar haqidagi xabarnoma bo‘yicha Adliya vazirligiga yozma yoki elektron shaklda ikki ish kuni ichida maʼlumot kiritadi.
  • Adliya vazirligi NNTlarning grant loyihalari doirasida mablag‘lar olinishini kelishganligi yoki hududiy adliya organining maʼlumoti haqi­da ikki ish kunidan kechiktirmasdan Tashqi ishlar vazirligiga xabarnoma yuboradi. Tashqi ishlar vazirligi xabarnomani ko‘rib chiqib, chet ellik shaxslar tomonidan moliyalashtirishi rejalashtirilgan grant loyihasi yuzasidan tegishli xulosani besh ish kuni ichida Adliya vazirligiga taqdim etadi.
  • Shundan so‘ng Adliya vazirligi ushbu NNTga amaliy yordam ko‘rsatish va grant loyihasini amalga oshirishda hamkorlik qilish uchun ikki kun muddatda milliy hamkorni biriktirish choralarini ko‘radi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish