16-noyabr kuni Prezidentning “O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi kuni bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi farmoyishi qabul qilindi.
Farmoyish bilan 40 ta tadbirdan iborat dastur tasdiqlandi.
Dasturda belgilanishcha, Konstitusiya bayrami munosabati bilan quyidagi tadbirlar o‘tkaziladi:
tuman va shahar markazlarida “Konstitusiya sayillari”;
Konstitusiya kuniga bag‘ishlab tele va radio viktorinalar;
jurnalist va blogerlar o‘rtasida “Konstitusiyada belgilangan qoidalarni tushuntiradigan eng yaxshi post va maqola” tanlovi;
sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar, Advokatlar palatasi, shuningdek, “yurisprudensiya” ta’lim yo‘nalishi mavjud bo‘lgan oliy ta’lim muassasalari xodimlari ishtirokida respublika “Zakovat” intellektual turniri;
yangi tahrirdagi Konstitusiyani ko‘zi ojizlar uchun brayl alifbosida nashr etish;
umummilliy Konstitusiya imtihoni, “Mening Konstitusiyam va davlat tilim” mavzusida ommaviy umumrespublika diktanti o‘tkaziladi;
davlat xizmatlari markazlarida “Konstitusiya burchagi” tashkil qilinadi;
ta’lim tashkilotlarida Konstitusiya darslari, olimpiada va insholar tanlov;
O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi kuniga bag‘ishlangan yoshlar konferensiyasi va boshqalar.
Shuningdek, mazkur farmoyish doirasida Toshkentda yangi "Konstitusiya bog‘i" yaratilmoqda.
Ushbu bog‘ Bektemir tumanida joylashgan “Iyk ota” mahallasida tashkil qilinyapti. Bog‘ning umumiy maydoni 2 gektar, loyiha doirasida 1500 ga yaqin poloniya, 2 xil turdagi 100 ga yaqin archa kabi manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi.