Внимание! Веб-Сайт работает в тестовом режиме

Bo‘sh ish o‘rinlari ochiq e’lon qilinadi!

29.11.2023 894

Prezidentning tegishli farmoni bilan (2023-yil, 27-noyabr) ochiq ma’lumotlar sifatida joylashtirilishi kerak bo‘lgan ijtimoiy ahamiyatga molik ma’lumotlar ro‘yxatiga qo‘shimchalar kiritiladi.

Unga ko‘ra, 2023-yil 1-dekabrdan boshlab Ochiq ma’lumotlar portali hamda vazirlik va idoralarning veb-saytlariga boshqa ochiq ma’lumotlar qatorida quyidagilar ham joylashtiriladi:

  • hududlar kesimida “Haj” ziyoratiga borish uchun navbatda turgan fuqarolarning yagona onlayn navbati;
  • bolalarni davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga qabul qilish uchun berilgan arizalar navbati;
  • davlat xaridlarini amalga oshirishga oid tartib-taomillarni belgilovchi ichki hujjatlar;
  • bo‘sh ish o‘rinlari, ishga qabul qilish shartlari, nomzodlarga qo‘yiladigan talablar va taqdim qilinadigan hujjatlar;
  • nodavlat notijorat tashkilotlariga ajratilgan grant va ijtimoiy buyurtma loyihalari, shu jumladan g‘olib bo‘lgan nodavlat notijorat tashkilotlarining buyurtma doirasida bajargan ishlari yuzasidan hisobotlar.

Shuningdek, ushbu qaror bilan quyidagi imtihonlar Internet tarmog‘ida to‘g‘ridan-to‘g‘ri uzatiladi:

  • falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish (yopiq ilmiy ishlar bundan mustasno);
  • o‘rta-maxsus va professional ta’lim muassasalarining, (shu jumladan, “Temurbeklar maktablari” harbiy-akademik liseylarining) test sinovlari;
  • Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari;
  • oliy ta’lim muassasalaridagi harbiy kafedralarga qabul qilish.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Подписаться