Внимание! Веб-Сайт работает в тестовом режиме
13-Мая, 2024-год, Понедельник

Maktab shahodatnomasini yo'qotganlar endi osongina dublikatini olishi mumkin

20.9.2022 1566

Joriy yilning 1-iyulidan boshlab shahodatnoma dublikatini onlayn olish imkoni yaratildi. Yangi xizmat doirasida:

  • shahodatnoma dublikati endi 5 kunda beriladi (avval oylab kutilgan);
  • shahodatnoma dublikatini olish uchun my.gov.uz orqali ariza yuboriladi va dublikat elektron shaklda portal orqali beriladi (avval ariza berish uchun ham, hujjatni olib ketish uchun ham maktabga kelingan);
  • ariza onlayn shaklda, inson omilisiz qabul qilinadi, shaxsiy ma'lumotlar avtomatik tarzda boshqa tizimlar bilan integratsiya qilinadi va boshqa hech qanday hujjat so'ralmaydi (avval maktabga 5 tagacha hujjat taqdim etilgan: ariza, hujjat yo'qolgani haqida gazeta e'loni, topilmalar idorasidan ma'lumotnoma, pasport nusxasi, familiya o'zgargani haqida FHDYO bo'limlaridan ma'lumotnoma).

Bugungi kunga qadar 8 mingdan ortiq fuqarolar shahodatnoma dublikatini masofadan olishga ulgurdi.

Eslatma: shahodatnoma dublikati elektron shaklda berilgach, maktabdan berilgan attestat o'z kuchini yo'qotadi.

Albatta, xalq ta'limi tizimi xodimlari uchun ham bu yangilik. Shu bois boshida ayrim kamchiliklar bo'lishi ham mumkin. Shuning uchun, @Xtv_davlatxizmatlari_bot maxsus bot yaratildi, mabodo biror muammo yoki savol bo'lsa bot orqali murojaat qilish mumkin.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Подписаться