Внимание! Веб-Сайт работает в тестовом режиме

15.12.2023 1775

“Ijtimoiy davlat” tamoyillarini amalga oshirish sari muhim qadam

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasining Yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi 1-moddasiga muvofiq mamlakatimiz boshqaruvning respublika shakliga ega bo‘lgan suveren, demokratik, huquqiy, ijtimoiy davlat ekanligi belgilab qo‘yildi.Oliy yuridik kuchga ega bo‘lgan Bosh qomusimizda belgilangan “ijtimoiy davlat” tushunchasi qanday ma’noni anglatadi, degan savol tug‘ilishi tabiiy.“Ijtimoiy davlat” tushunchasi tarixiga nazar soladigan bo‘lsak, ushbu tushunchani ilk bor nemis iqtisodchi olimi Lorens fon Shtayn muomalaga kiritganligini ko‘rishimiz mumkin. Unga ko‘ra, “ijtimoiy davlat” “turli xil darajadagi barcha ijtimoiy tabaqalar uchun o‘z hokimiyati orqali shaxsiy huquqlarda mutlaq tenglikni ta’minlash”ni nazarda tutadi. Ya’ni, davlatning vazifasi ijtimoiy tenglik va shaxsiy erkinlikni o‘rnatish, quyi va kam ta’minlangan ijtimoiy qatlamlarni boy va kuchlilar darajasiga ko‘tarishga harakat qilishdan iborat deb hisoblaydi. “Ijtimoiy davlat” tushunchasi 1949 yilda qabul qilingan Germaniya Federativ Respublikasi Konstitutsiyasining 20-moddasida o‘z aksini topgan. Unda Germaniya “demokratik va ijtimoiy federal davlat”, deb qayd etilgan.Bundan tashqari Ijtimoiy davlat modeli Buyuk Britaniya, Fransiya, Shvesiya, Italiya, Belgiya, Daniya, Finlandiya, Portugaliya, Ispaniya, Avstriya, Gresiya, Yaponiya, Shvesariya, AQSH kabiy davlatlarda qo‘llanilmoqda. O‘zbekiston Respublikasida ham o‘tgan yillar davomida ijtimoiy davlat tamoyilini amalga oshirish yuzasidan salmoqli ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Xususan, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tashkil etildi, “Monomarkaz”lar faoliyati yo‘lga qo‘yildi, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” tashkil etildi, ishlayotgan pensionerlarga yuz foiz pensiya to‘lashga o‘tildi. Ayniqsa, Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizda mamlakatimizning ijtimoiy davlat sifatida e’tirof qilinishi bu boradagi ishlarga mustahkam huquqiy poydevor bo‘lib xizmat qiladi.Fikrimizcha, «ijtimoiy davlat» tamoyillarini, ya’ni fuqarolarning davlat himoyasida bo‘lishining kafolatlarini ta’minlash va sohani tubdan isloh qilishda yagona yondashuv talab etilar edi. Shu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 1 iyundagi PF–82-son Farmoni asosida tashkil etilgan Prezident huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi shuningdek, uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari hamda tuman (shahar)larda “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari fuqarolarimizning aynan ijtimoiy himoyaga oid huquqlarini va manfaatlarini so‘zsiz ta’minlashga xizmat qiladi. Shu bilan birga, mazkur Agentlikning tashkil etilishi, aholiga ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatish sifatini tubdan oshirish hamda mazkur sohaga ilg‘or xalqaro standartlarga asoslangan mutlaqo yangi boshqaruv tizimini joriy etish maqsadlarini amalga oshiradi.Farmonga muvofiq Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidan bolalar uylari, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidan mehribonlik uylari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tizimidan voyaga yetmaganlar bilan ishlash sektorlari hamda oilaviy bolalar uylari, Urush va mehnat faxriylari respublika pansionati va boshqa ijtimoiy muassasalarning to‘laligicha Agentlik tuzilmasiga o‘tkazilayotganligi buning tasdig‘idir.Muxtasar aytganda, mazkur qadamlar fuqarolarning ijtimoiy himoyaga oid huquqlarini ta’minlash va ijtimoiy xizmatlar sifatini tubdan oshirishga xizmat qiladi.

29.11.2023 534

Bo‘sh ish o‘rinlari ochiq e’lon qilinadi!

Prezidentning tegishli farmoni bilan (2023-yil, 27-noyabr) ochiq ma’lumotlar sifatida joylashtirilishi kerak bo‘lgan ijtimoiy ahamiyatga molik ma’lumotlar ro‘yxatiga qo‘shimchalar kiritiladi. Unga ko‘ra, 2023-yil 1-dekabrdan boshlab Ochiq ma’lumotlar portali hamda vazirlik va idoralarning veb-saytlariga boshqa ochiq ma’lumotlar qatorida quyidagilar ham joylashtiriladi: hududlar kesimida “Haj” ziyoratiga borish uchun navbatda turgan fuqarolarning yagona onlayn navbati; bolalarni davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga qabul qilish uchun berilgan arizalar navbati; davlat xaridlarini amalga oshirishga oid tartib-taomillarni belgilovchi ichki hujjatlar; bo‘sh ish o‘rinlari, ishga qabul qilish shartlari, nomzodlarga qo‘yiladigan talablar va taqdim qilinadigan hujjatlar; nodavlat notijorat tashkilotlariga ajratilgan grant va ijtimoiy buyurtma loyihalari, shu jumladan g‘olib bo‘lgan nodavlat notijorat tashkilotlarining buyurtma doirasida bajargan ishlari yuzasidan hisobotlar. Shuningdek, ushbu qaror bilan quyidagi imtihonlar Internet tarmog‘ida to‘g‘ridan-to‘g‘ri uzatiladi: falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish (yopiq ilmiy ishlar bundan mustasno); o‘rta-maxsus va professional ta’lim muassasalarining, (shu jumladan, “Temurbeklar maktablari” harbiy-akademik liseylarining) test sinovlari; Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari; oliy ta’lim muassasalaridagi harbiy kafedralarga qabul qilish.

2.8.2023 4395

25 imtiyozdan xabardormisiz? 22-imtiyoz

Yosh dehqonlarga yana bir imkoniyat Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi 312-sonli qarori bilan mahalladagi yoshlar yetakchisi tavsiyasi asosida “Yoshlar daftari”ga roʻyxatga olingan yoshlar bilim olishi, kasb-hunar oʻrganishi, davolanishi, doimiy ish bilan taʼminlanishi, subsidiya asosida asbob-uskunalar olishi, moddiy ahvolini tiklashi, tadbirkorligini boshlash va rivojlantirishi uchun 25 ta yoʻnalishda yordam olishi mumkin. 22-IMTIYOZ: “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar dehqon xoʻjaligi yuritish uchun yer uchastkalarini ochiq elektron tanlov orqali olishda undiriladigan BHMning bir baravari miqdoridagi garov pulidan ozod qilinadi.

18.4.2023 899

Ta’lim davlat e’tiborida

Yangilanayotgan asosiy qonunimizda ta’lim tizimining barcha bosqichlari bugungi kun talablari darajasida faoliyat yuritishi uchun huquqiy asoslarni yaratish, pedagog xodimlarning maqomini har jihatdan mustahkamlash ko‘zda tutilmoqda. Masalan, qonun loyihasining 50-moddasida har kimning ta’lim olish huquqi e’tirof etilib, uzluksiz ta’lim tizimi, uning har xil turlari va shakllari, davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlari rivojlanishi uchun zarur sharoitlar davlat tomonidan ta’minlanishi belgilanmoqda. Ilk marotaba bog‘cha yoshidagi bolalarning ta’lim va tarbiyasi sohasidagi davlat kafolatining konstitutsiyaviy darajada belgilanishi tarixiy voqeadir. So‘nggi besh yilda bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish darajasi 27,7 foizdan 72 foizga oshdi, maktabgacha ta’lim tashkilotlari soni 5211 tadan 29 mingdan ziyodga yetkazildi. “Finance Inquirer” nashri tahliliga ko‘ra, O‘zbekiston 2022-yilda bolalarni maktabgacha ta’lim muassasalariga jalb qilish bo‘yicha dunyodagi eng peshqadam 10 ta davlat ro‘yxatida birinchi o‘rinni egalladi. Aholining keng qatlamlarini oliy ta’lim bilan qamrab olish masalasi Prezidentimiz tomonidan BMT minbarida ham ko‘tarilgan va 2030-yilgacha O‘zbekistonda 50 foiz yosh aholi oliy ma’lumotga ega bo‘lishi rejalashtirilgan. Shu sababli oliy ta’limni olish huquqi Konstitutsiya darajasigacha oshirilmoqda. Xususan, loyihaning 51-moddasida fuqarolarning davlat ta’lim tashkilotlarida tanlov asosida davlat hisobidan oliy ma’lumot olish huquqi e’tirof etilmoqda. Yangilanayotgan Konstitusiyamizning 52-moddasida yurtimizda o‘qituvchining mehnati jamiyat va davlatni rivojlantirish, sog‘lom, barkamol avlodni shakllantirish hamda tarbiyalash, xalqning ma’naviy va madaniy salohiyatini saqlash hamda boyitishning asosi sifatida e’tirof etilmoqda. Taklif etilgan yangi qoidalarga ko‘ra, davlat o‘qituvchilarning sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish, ularning ijtimoiy va moddiy farovonligi, kasbiy jihatdan o‘sishi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qiladi. O‘zbekiston 2022-yilda bolalarni maktabgacha ta’lim muassasalariga jalb qilish bo‘yicha dunyodagi eng peshqadam 10 ta davlat ro‘yxatida birinchi o‘rinni egalladi.

7.2.2023 888

YOSHLAR TASHABBUSLARI QO‘LLAB-QUVVATLANDI

Namangan viloyatida 2022-yili 140 milliard so‘m uyushmagan yoshlarni tadbirkorlikka jalb etish maqsadida ajratildi. 6 mingdan ziyod yosh o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘ydi. 2,5 ming gektar ekin maydonlari yoshlarga ajratildi. 20 ming nafar yoshning bandligi ta’minlandi. 5 ming yoshga kontrakt pullari to‘lab berildi.   Davlatimiz rahbari Davlatobod tumanidagi “Yangi O‘zbekiston yoshlar ziyo maskani” kutubxonasida namanganlik yoshlar bilan muloqot qildi. Uchrashuvda yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlarni kengaytirishga qaratilgan loyiha va tashabbuslar haqida so‘z bordi. “Yangi O‘zbekiston yoshlar ziyo maskani” kutubxonasi 2021-yili foydalanishga topshirilgan. 70 mingta kitob fondiga ega. Kutubxona jahondagi yirik elektron kutubxonalar tarmog‘iga ulangan. Bu orqali xorijiy adabiyotlardan ham erkin va bepul foydalanish mumkin. Tashrif buyuruvchilar maxsus ID-karta oladi. Barcha jarayonlar elektronlashtirilgan. Birinchi qavatda 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar hamda ko‘zi ojiz insonlarga mo‘ljallangan alohida o‘qish zali tashkil etilgan. Ikkinchi va uchinchi qavatlarda umumiy o‘quv zallari, yerto‘lada arxiv joylashgan. Shuningdek, bu yerda yoshlar axborot texnologiyalarini o‘rganishi mumkin.   Oybek PO‘LATOV, Davlatobod tumanidagi “Porloq” mahallasi yoshlar yetakchisi: – Prezidentimiz kutubxonadagi sharoitlar bilan tanishib, qancha kitob borligi bilan qiziqdi. Kitoblar sonini ko‘paytirish kerakligini tushuntirdi. Shu bilan birga, bizning takliflarimizni ham so‘radi. Men kutubxona soat 20:00 gacha ishlashini, ammo ko‘pchilik yoshlarning kechki payt kitob o‘qish uchun bo‘sh vaqtlari bo‘layotganini aytib, soat 20:00 dan keyin ham kutubxonada o‘qish uchun imkon yaratish taklifini bildirdim. Bu fikrim ma’qullanib, “Namangan tajribasi” sifatida kutubxona faoliyatini 24 soatli ish tartibiga o‘tkazish yuzasidan mutasaddilarga topshiriq berildi. Prezidentimiz bu maskanda yoshlar bilan ko‘proq tadbirlar, bayramlar tashkil qilish va yoshlarning eng sevimli maskaniga aylantirish kerakligini ta’kidladi.   Yoshlar ishlari agentligi tashabbusi bilan yo‘lga qo‘yilgan “Ibrat farzandlari” loyihasi yoshlarning xorijiy tillarni o‘rganishi uchun zo‘r imkoniyat bo‘lmoqda. Bu loyiha orqali malakali ustozlardan o‘zbek, ingliz, nemis, ispan, turk va rus tillarini noldan boshlab bepul o‘rganish imkoniyati mavjud. Uchrashuvda davlatimiz rahbari ushbu loyiha taqdimoti bilan tanishdi.   Rustam QORIYEV,  “Ibrat farzandlari” loyihasi rahbari: – Loyihaning “Ibrat farzandlari” deb nomlanishi jadid bobomiz Is’hoqxon Ibrat bilan bog‘liqdir. Prezidentimiz “Oldimizga qo‘ygan katta marralarga erishmoqchi bo‘lsak, har bir farzand ikkita chet tilini bilishi kerak”, degan taklif berganidan keyin biz bu loyihani yo‘lga qo‘ydik. O‘zbekistonda ilk marotaba chet tilini o‘rgatuvchi professional platforma yaratdik. Maqsadimiz, chekka hududlarda ijtimoiy yordamga muhtoj va shahar markazidagi o‘quv kurslariga qatnash imkoni bo‘lmagan bolalarga xorijiy tillarni o‘rganishga ko‘maklashishdir. Nafaqat bolalar, kattalar ham o‘rganishi mumkin. O‘quvchilarimiz soni ikki oy ichida 113 mingtaga yetdi. Yil yakuniga qadar 1 million, 2025-yilga qadar 3 million tinglovchini qamrab olmoqchimiz. Shu kunga qadar 10 dan ortiq tillarda 200 dan ortiq videolar yuklandi. Bundan tashqari, xitoy, ingliz, turk, yapon, nemis, rus, koreys tillarida video darsliklar tayyorlanmoqda. Barcha darslar o‘zbek tilidagi bepul platformaga joylashtirilmoqda. Boshqa platformalardan bizning farqimiz shundaki, bizda barchasi tizimli ravishda o‘zbek tilida bo‘lyapti. Prezidentimizga taqdimotimizni namoyish qilganimizdan so‘ng yaxshi fikrlar bildirdilar. Bu loyihani keng targ‘ib etib, aholiga bildirishimiz, imkon qadar ko‘proq tillarni dasturga kiritish, kitoblar chop etish, bog‘cha va maktablarda, boshqa kasb egalari ham o‘rganishi uchun mukammal dastur yaratishimizni va jamoamizni kengaytirish borasida barcha zarur yordamni berishini aytdilar.   Mehrinoz ABBOSOVA, Yoshlar ishlari agentligi direktorining davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchisi: – Biz, namanganlik yoshlar Prezidentimiz bilan bir soat ichida ta’lim sifatini yaxshilash, migrant yoshlarga yordam berish tizimi, xorijiy tillarni o‘qitish, “Ibrat farzandlari” loyihasini kengaytirish, umuman, yoshlar hayoti va taqdiri uchun muhim bo‘lgan har bir yo‘nalish haqida ochiq, samimiy suhbatlashdik. Davlatimiz rahbari ko‘plab muammolarni, og‘riqli masalalarni tilga oldi, yoshlarning takliflarini sinchkovlik bilan tingladi. Shaxsan mendan “WikiStipendiya” marafoni qanday ketayotgani, internetda o‘zbek tilida sifatli kontentlarni ko‘paytirish uchun yana nimalar qilish kerakligini so‘radi. Iqtisodiyot va moliya vaziriga bu boradagi ishlarni jadallashtirish uchun mablag‘ni ayamaslik lozimligini, o‘zbek tili turkiy tillarning o‘zagi ekani va u hamisha oldinda bo‘lishi muhimligini, qanday yordam kerak bo‘lsa, tayyor ekanliklarini ta’kidladi. Prezidentimiz bilan muloqotda katta kuch va energiya oldim. Hali oldinda qilinadigan ishlar ko‘p. Umid qilamanki, ko‘zlagan maqsadlarimizga jamoamiz bilan yetamiz, albatta. Oyshaxon QODIROVA, Namangan muhandislik-qurilish instituti 3-bosqich talabasi, Beruniy nomidagi Davlat stipendiyasi sohibasi: – Uchrashuvda davlatimiz rahbariga bionikani O‘zbekistonda rivojlantirish uchun Innovatsion rivojlanish agentligi qoshida Namangan shahrida laboratoriya tashkil etish taklifini bildirdim. Bu yo‘nalishda yozgan “Bionika” nomli kitobim haqida ham ma’lumot berdim. Prezidentimiz taklifimni qo‘llab-quvvatlab, menga 1,5 milliard so‘mlik grant ajratdi. Bu grantni amalga oshirish uchun 2 oy vaqt berdilar. Ikki oydan keyin Prezidentimizga xat yozib, natijalarimni bo‘lishmoqchiman. Davlatimiz rahbari yoshlar bilan uchrashuvda ilmiy izlanishlarni qo‘llab-quvvatlash, sportni ommalashtirish, ko‘ngilochar tadbirlar tashkil etish bo‘yicha mutasaddilarga ko‘rsatmalar berdi.

18.12.2022 780

MEHR ULASHILDI

21.11.2022 1168

YANGI IMKONIYATLARGAROVI

11.10.2022 1789

XALQARO QIZLAR KUNI

11-oktabr - "Xalqaro qizlar kuni!"QIZLAR QO‘SHIG‘IQiz yo‘q uyda sarin sabo esmaydi,Qiz yo‘q uyda jambil-rayhon o‘smaydi.O‘g‘illarning ota bilan ishi yo‘q,Qiz otasin har qadamda eslaydi.Ko‘zlariga surgay yurgan izingiz,Qay o‘g‘ildan kamdir, ayting qizingiz...Qiz yo‘q uyda tonglar erta otmaydi,Tomda oftob, ayvonda oy yotmaydi.O‘g‘il qanday do‘st bo‘ladi, bilmadim,Qiz do‘st bo‘lsa — siringizni sotmaydi.Og‘ir kunda javdiratmas ko‘zingiz,Qay o‘g‘ildan kamdir, ayting qizingiz...Umr daryo, tolega kim kafildir,Qizning borar joyi bo‘lak sohildir.Qiz dardiga yetmaganlar g‘ofildir,Qiz bor uyda yorug‘ bo‘lar yuzingiz,Qay o‘g‘ildan kamdir, ayting, qizingiz...Dunyo ko‘rki — shu ko‘zlari shahlolar,Qizlar bilan chamanzordir sahrolar.Bir qayrilib Qaysni Majnun aylagan,Tohirlarni Tohir qilgan — Zuhrolar.Qiz tufayli butdir rizqu ro‘zingiz,Qay o‘g‘ildan kamdir, ayting qizingiz...Ayting kimning paymonasi to‘lmagan,Qiz bor — ota yot bag‘irda o‘lmagan.O‘g‘lim yo‘q deb o‘kinganlar — johillar,Hatto, Payg‘ambarning o‘g‘li bo‘lmagan!..Bilib ayting aytganda har so‘zingiz,Qay o‘g‘ildan kamdir, ayting, qizingiz?!.Muhammad YUSUF

20.9.2022 1368

NODIRBEK YOQUBBOYEV: “BIZDAN O‘RGANISHSA ARZIYDI”

20.9.2022 1562

Maktab shahodatnomasini yo'qotganlar endi osongina dublikatini olishi mumkin

Joriy yilning 1-iyulidan boshlab shahodatnoma dublikatini onlayn olish imkoni yaratildi. Yangi xizmat doirasida: shahodatnoma dublikati endi 5 kunda beriladi (avval oylab kutilgan); shahodatnoma dublikatini olish uchun my.gov.uz orqali ariza yuboriladi va dublikat elektron shaklda portal orqali beriladi (avval ariza berish uchun ham, hujjatni olib ketish uchun ham maktabga kelingan); ariza onlayn shaklda, inson omilisiz qabul qilinadi, shaxsiy ma'lumotlar avtomatik tarzda boshqa tizimlar bilan integratsiya qilinadi va boshqa hech qanday hujjat so'ralmaydi (avval maktabga 5 tagacha hujjat taqdim etilgan: ariza, hujjat yo'qolgani haqida gazeta e'loni, topilmalar idorasidan ma'lumotnoma, pasport nusxasi, familiya o'zgargani haqida FHDYO bo'limlaridan ma'lumotnoma). Bugungi kunga qadar 8 mingdan ortiq fuqarolar shahodatnoma dublikatini masofadan olishga ulgurdi. Eslatma: shahodatnoma dublikati elektron shaklda berilgach, maktabdan berilgan attestat o'z kuchini yo'qotadi. Albatta, xalq ta'limi tizimi xodimlari uchun ham bu yangilik. Shu bois boshida ayrim kamchiliklar bo'lishi ham mumkin. Shuning uchun, @Xtv_davlatxizmatlari_bot maxsus bot yaratildi, mabodo biror muammo yoki savol bo'lsa bot orqali murojaat qilish mumkin.

16.7.2022 1924

O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi qanday tashkilot?