Mamlakatimizni yangi taraqqiyot bosqichiga koʻtarishni oʻz oldimizga ustuvor vazifa qilib qoʻygan ekanmiz, buni amalga oshirish uchun bizga, eng avvalo, yangi avlod kadrlari kerak.
Shavkat Mirziyoyev,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Mamlakat taraqqiyotini kafolatlaydigan ustuvor yo‘nalishlardan biri – taʼlim. Shuning uchun O‘zbekistonda yoshlarning sifatli taʼlim va tarbiya olishiga jiddiy eʼtibor qaratilib, kerakli shart-sharoitlar yaratilmoqda.
O‘zbek milliy ta’lim tizimida yangi lokomativ vazifasini o‘tayotgan Prezident maktablari, ijod maktablari va boshqa ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalari ochilgani bu yo‘ldagi muhim qadamlardan biridir.
Mamlakatimizda yagona yondashuv asosida yoshlarni har jihatdan raqobatbardosh, keng dunyoqarash va intellektual salohiyatga ega shaxs sifatida tarbiyalashni yo‘lga qo‘yish maqsadida hududlarda 205 ta ixtisoslashgan maktab tashkil etilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tasarrufidagi ushbu muassasalarda 63 mingdan ziyod o‘quvchi zamonaviy sharoitga ega o‘quv binolarida tahsil olmoqda.
Iqtidorli o‘quvchilarga sifatli ta’lim berish maqsadida 9 ta maktab yangidan qurilgan, 164 tasida rekonstruksiya va jihozlash ishlari amalga oshirildi. Xalqaro talablar asosida ishlab chiqilgan ta’lim dasturlari hamda malakali pedagoglar sa’y-harakati natijasida o‘quvchilar qator yutuqlarga erishmoqda.
Maktablarga uzoq masofadan qatnab o‘qiydigan bolalarga qulaylik yaratish maqsadida Olot, G‘ijduvon, Ellikqal’a, Nurobod hamda Yangibozor tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktablarga maktab-internat maqomi berilib, yotoqxona hamda autsorsing asosida ovqatlanish tizimi amaliyotga tatbiq etildi.
Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablar:
- Prezident maktabi – 14 ta
- ijod maktabi – 9 ta
- ixtisoslashtirilgan maktablar – 182 ta
XALQARO FAN OLIMPIADALARIDAGI NATIJALAR (2024)
(matematika, fizika, informatika, biologiya va kimyo):
2023-yilda
- 5 ta oltin
- 15 ta kumush
- 20 ta bronza medal
2024-yilda
- 5 ta oltin
- 12 ta kumush
- 18 ta bronza medal
PREZIDENT MAKTABLARI
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Mamlakatimizni yangi taraqqiyot bosqichiga koʻtarishni oʻz oldimizga ustuvor vazifa qilib qoʻygan ekanmiz, buni amalga oshirish uchun bizga, eng avvalo, yangi avlod kadrlari kerak”, degan edi.
2019-yil 20-fevralda davlat rahbarining “Prezident maktablarini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Qarorga muvofiq, dastlab Toshkent, Xiva va Nukus shaharlarida, keyinchalik mamlakatning 14 ta hududida Prezident maktablari barpo etildi. Bu maktablarda 2 352 nafar o‘quvchi ta’lim-tarbiya olmoqda.
BOSH MAQSAD
Prezident maktablarida STEAM (matematika, fizika, kimyo, biologiya, informatika) fanlari mashg‘ulotlariga chet ellik malakali o‘qituvchilar jalb etilgan. Darslar ingliz tilida olib boriladi. Maktabda asosiy e’tibor quyidagi maqsadlarga qaratilgan:
1) Iqtidorli bolalarni aniqlash, ularning intellektual, ilmiy va ijodiy salohiyatini kashf etish;
2) Tabiiy va aniq fanlar, xorijiy tillarni chuqur o‘rgatish;
3) Muhandislik va axborot texnologiyalaridan ko‘nikmalarini oshirish;
4) O‘quvchilarning innovatsion g‘oya va ishlanmalarini rivojlantirish.
Prezident maktabi o‘quvchilari, belgilangan standartlarga muvofiq, zamonaviy yotoqxona, 5 mahal ovqat, darsliklar, o‘quv qurollari va kiyim-bosh bilan bepul ta’minlanadi. Darslardan so‘ng to‘garak mashg‘ulotlarida qatnashadi, futbol, basketbol, suzish, tennis kabi sport turlari bilan shug‘ullanadi.
Maktab bitiruvchilari tanlangan fanlar bo‘yicha SAT va A-LEVEL xalqaro malaka imtihonlarini muvaffaqiyatli topshirib, yetakchi xorijiy oliy o‘quv yurtlariga kirish imkoniyatiga ega.
Prezident maktablari bitiruvchilarning ko‘p qismi maktabni tamomlamasdan turib, Harvard, Chikago, Kaliforniya, Pennsylvania, Kardiff, Arizona, Nottingham kabi dunyoning nufuzli oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilinaadi.
2024-yilda 20-Xalqaro Jautikov olimpiadasida Namangan shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o‘quvchisi Husanboy Mansuraliyev informatika fanidan kumush medalni qo‘lga kiritdi. Abu Ali ibn Sino nomidagi xalqaro biologiya olimpiadasida Navoiy shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o‘quvchisi Mehrangiz Ahtamova oltin medalga, 9-sinf o‘quvchisi Mashhura Qudratova kumush medalga sazovor bo‘ldi.
TO‘GARAKLAR
Prezident maktablarida asosiy o‘quv dasturidan tashqari o‘quvchilarning qiziqishlaridan kelib chiqqan holda sinfdan tashqari amaliy mashg‘ulotlar o‘tkaziladi. Xususan:
- musiqali drama (aktyorlik mahorati va milliy raqs);
- shaxmat;
- notiqlik (nutq madaniyati va voizlik)
- art (texnologiya va kulolchilik)
- robototexnika;
- 3D;
- kompyuter grafikasi;
- kitobxonlik to‘garaklari ishlamoqda.
BITIRUVCHILARNING KO‘RSATKICHLARI:
SAT
2023-yil – 168 nafar (50%)
2024-yil – 200 nafar (63%)
Muddatidan avval oliy ta’limga qabul:
319 nafar – 100%
Xalqaro fan olimpiadalaridagi medallar:
Oltin 3 ta
Kumush 8 ta
Bronza 13 ta