Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

Kitob va internet bir-birini to‘ldirishi kerak(mi?)

16.6.2023 17580

Farzona Abdullayeva, Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanidagi 12-maktab o‘quvchisi.

Hayotimizda har doim qarama qarshi  turadigan tushunchalar juda ko‘p. Misol sifatida, internet tarmog‘ini olsak, hayotimizning ajralmas va muhim  qismiga aylangan bu vosita sabab bugun uyda o‘tirib ham dunyo yangiliklaridan xabardor bo‘lish, ijtimoiy tarmoqlar orqali istalgan inson haqida maʼlumotga ega bo‘lish hamda kuzatish,  hatto uzoqdagi yaqinlarimizdan hol so‘rash imkoniga egamiz. Ammo, bugun ayrim tengdoshlarimiz  undan qanday foydalanish haqida  hali hanuz to‘liq tushunchaga ega emas, aniqrog‘i, ularga hech kim to‘g‘ri yo‘nalish ko‘rsatmaydi yoki nazorat qilmaydi.

Kimdir internetdan o‘z ustida ishlash,  ilm olish  yoki hunar o‘rganish uchun foydalansa, yana kimdir shunchaki vaqti  va soģlig’ini behuda sovurib yuboryabdi. Uzluksiz, bemaqsad foydalanish esa kuchli  qaramlikni keltirib chiqarishi, zamonaviy manqurtlikka olib kelishi  bugun psixologlar tomonidan bot-bot takrorlanmoqda.  Bunga qandaydir davo sifatida chora ko‘rish mumkinmi?  Albatta, bunda yechimni qadim yunon faylasuflari igari surgan g‘oyadan topishimiz mumkin  – “Ahmoqlikning davosi – kutubxona”. Javonimizdan joy olgan birgina kitob ulkan qiymatga ega bo‘lgan boylik, ziyo mashʼali. Global tarmoqdan topib bo‘lmaydigan ilm, odob, madaniyat tushunchalarini   kitobdan  topish mumkin. Xulosa qilib aytsak,  har qanday ilmsizlik, tor dunyoqarash va fikrsizlikning yagona davosi  kitobda yashiringan,  aziz tengdoshlar!

 

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish