Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

Kelajak bunyodkorlari

5.7.2023 6738

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlar kuni munosabati bilan yurtimizning faol va tashabbuskor yosh avlod vakillaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq, 38 nafar iste’dodli, bilimli va ishbilarmon yoshlar “Kelajak bunyodkori” medali bilan taqdirlandi.

Ular orasida Yoshlar ishlari agentligining “Qizlar ovozi” klubi rahbari Marjona Jo‘raqulova ham bor. Qahramonimiz Respublika “Qizlar ovozi” klubi bosh koordinatori, “Yil talabasi – 2022” sovrindori, BMT Yoshlar Maslahat Kengashi vakili, xotin-qizlarni ta’limga yo‘naltiruvchi “Kelajak: ilmli qizlar hamjamiyati” loyihasi asoschisi, Shahrisabz davlat pedagogika instituti rektorining yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi sifatida qator yutuqlarga erishib kelmoqda.

 

Marjona JO‘RAQULOVA, Yoshlar ishlari agentligining “Qizlar ovozi” klubi rahbari:

Prezidentimizning farmoni bilan “Kelajak bunyodkori” medalini qabul qilib oldim. Va chuqur angladimki, Vatan hech qachon unutmaydi, ota-onam va ustozlarim duosi va kichik mehnatlarimiz munosib e’tirof etiladi. Tinimsiz o‘z ustimda ishlashga, xalqimizga munosib farzand bo‘lishga va tengdoshlarim hayotidagi muammolarga tizimli yechim izlashga salohiyatimni safarbar etaman!

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish