Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

Yurtimizni “Yashil makon”ga aylantiramiz!

29.11.2023 1161

Bo‘stonliq tumanidagi “Yoshlar va sportchilar” bog‘iga Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi xodimlari tomonidan 3 mingdan ziyod bodom ko‘chatlari ekildi.

Shuningdek, Surxondaryodagi Muzrabot tumani “Bog‘i eram” mahallasida 100 nafar mahalladagi yoshlar yetakchilari va volontyorlar bilan birgalikda 600 dan ziyod daraxt ko‘chatlari ekildi.

2023-yilning kuz mavsumi davomida Yoshlar ishlari agentligi xodimlari, yoshlar yetakchilari va faol volontyorlar tomonidan 169 mingdan ziyod daraxt ko‘chatlari ekildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish