Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

REGISTONDA NIKOHDAN O‘TGAN AMERIKALIK JUFTLIK

31.7.2022 708

Shahribonu RAHMATOVA, “Yoshlar ovozi” muxbiri

AQShlik Marshall va Ebru o‘zlarining ilk romantik uchrashuvini 2020-yil 4-iyul kuni “Brighton – Beach”dagi sevimli o‘zbek restorani
“Nargis Cafe”da tashkil etgan. O‘zbek oshxonasi, milliy taomlari, o‘ziga xos shukuhi ularga juda yoqar edi. Shu sabab 4-iyul va o‘zbek restorani ular uchun eng qadrli sana va joyga aylandi.


Marshall Mayer aslida amerikalik bo‘lib, 2012-yilda oilasi bilan Turkiyaga kelgan va Istanbulda ilk marta Ebruni uchratgan. Ebru shu yerdagi restoranda mutaxassis bo‘lib ishlardi.
O‘sha kundan so‘ng dimda saqlanib qoladi”, – deydi Marshal Mayer.
Ebru San esa o‘zining Samarqand haqidagi azaliy orzulari to‘g‘risida shunday deydi: “O‘zim Turkiyada tug‘ilganim bois yoshligimdan Samarqand va uning tarixiga qiziqardim. Qarangki, hayotimning eng unutilmas damlari orzumdagi shaharda amalga oshdi. Mustaqil hayotimiz boqiy shaharda boshlanganidan juda xursandman”.
Ularga nikohdan o‘tganligi haqidagi guvohnoma tantanali ravishda topshirildi. Juftlik mo‘jizakor Registon maydonida suratlarga tushib, quvonchli damlarini tarixga muhrlashdi.
Bu xorij fuqarolarining mamlakatimizga kelib nikohdan o‘tishi bilan bog‘liq ilk voqea bo‘ldi. Kelgusida ham shunday juftliklarning tashrifi yurtimizning turizm faoliyatiga katta foyda olib kelishiga ishonamiz.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish