Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

YOSHLAR BALANSI MUAMMOLARNI BARTARAF ETISHDA ENG SAMARADOR

4.7.2022 11280

Sherzod OLIMOV, Yoshlar ishlari agentligining Mahalladagi yoshlar yetakchilari bilan ishlash boshqarmasi boshlig‘i

– Prezidentimizning 2022-yil 19-yanvardagi “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, respublikadagi barcha mahallalarda Yoshlar yetakchisi lavozimi joriy etildi. Dastlab yetakchilar faoliyati uchun zarur bo‘lgan xona va texnikalar bilan ta’minlandi. Navbatdagi asosiy masala ularga yuklatilgan vazifalarning bajarilishi uchun bir qator yo‘riqnomalar yaratish bo‘ldi. Bunda bir qancha loyihalarni ishga soldik. Ular orasida samarli dasturlardan biri bu – “Yetakchi kundaligi” telegram kanali tashkil etilganligidir. 

Kanalga respublikadagi 9 353 nafar yoshlar yetakchisi, sho‘ba mudirlari va masʼul xodimlari qamrab olindi. Telegram kanalda har kuni tizimli ravishda yetakchilar faoliyati bilan bog‘liq 3-4 tadan test-savollari tuzilib, eʼlon qilib borilmoqda. Barcha mahallalarda 16-30 yoshlilar to‘g‘risida “Yoshlar balansi” elektron maʼlumotlar bazasi shakllantirilishi tegishli toifalar bo‘yicha yoshlar tasniflanib, muammolarini hal etish va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash tizimini yaratish imkonini berdi. Shubhasiz, bu loyihani eng samarador loyihalar qatorida eʼtirof etishimiz mumkin.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish