Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

ALISHER SA’DULLAYEV O‘ZBEKISTON SHAXMAT FEDERATSIYASI RAISI ETIB SAYLANDI

25.5.2022 608

Shahruza SATTOROVA, “Yoshlar ovozi” tahririyati muxbiri

Necha yilki O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi atrofidagi gap-so‘zlar tuga­maydi, federatsiya faoliyatiga nisbatan noroziliklar muntazam yangrab turadi. Mamlakatimiz nomini dunyoga tanitishga salohiyati bor, ammo bir olam to‘siqlarga uchrayotgan yosh shaxmatchi o‘g‘il-qizlarimiz boshqa davlatlar sharafini himoya qilayot­gani ham bor gap.

Shaxmatning rapid yo‘nalishi bo‘yicha jahon chempioni bo‘lgan Nodirbek Abdusattorovning treneriga hamon ota-onasi o‘z cho‘ntagidan pul to‘lashi, buning uchun davlatdan yoki Shax­mat federatsiyasidan pul ajratilmagani ma’lum bo‘lgan edi. Undan oldin esa shaxmat bo‘yicha grossmeyster Gulruxbegim Tohirjonova AQSh­ga ketishiga O‘zbekiston shaxmat federatsiyasining munosabati sabab bo‘lganini aytgandi.

Shaxmat federatsiyasi faoliyatini rivojlantirishda Alisher Sa’dullayevga omad tilaymiz. Umid qilamizki, Sa’dullayev shaxmatchilar va ularning ota-onalari dardini tinglab, og‘irini yengil qiladi, shaxmatni keng ommalashtirish uchun oqilona siyosat olib boradi. Bu borada O‘zbekiston yoshlari yetakchisida tajriba ham, imkoniyat ham yetarli. Birgina misol, yoshlar ye­takchisi boshchiligida o‘tkazilayotgan “Yoshlar ishlari agentligi kubogi” shaxmat turniri ko‘plab iqtidorlarni, ayniqsa, olis hududlardagi shax­matchilarni kashf etish va qo‘llab-quvvatlashda ayni muddao bo‘lyapti.

Alisher Sa’dullayev asosiy lavozimi — Yoshlar ish­lari agentligining direktori vazifasida ham qoladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish