Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

BELARUSIYA VA O‘ZBEKISTON YOSHLAR PARLAMENTLARI O‘RTASIDA HAMKORLIK

26.1.2023 238

Diyora Toshpoʻlatova, Oliy Majlis Senati huzuridagi Yoshlar parlamenti matbuot xizmati xodimi

Joriy yil O‘zbekiston Oliy Majlis Senati huzuridagi Yoshlar parlamenti va Belarus Respublikasi Milliy Majlisi huzuridagi Yoshlar parlamenti o‘rtasida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad nafaqat ikki davlat yoshlar parlamenti o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash, balki, yoshlar orasida tajriba almashish. Suhbat jarayonida ikki tashkilot ham ish faoliyati bo‘yicha batafsil tanishib olishdi va yana bir bor bir birlariga ushbu uchrashuv uchun minnatdorchilik bildirishdi.

Do‘stona ruhda o‘tkazilgan tadbir muhokamali savollar va takliflarga ham boy bo‘ldi. Aynan Belarusiya Yoshlar parlamenti yetakchilari O‘zbekistondagi Yoshlar parlamenti ikki palata huzuridagi tashkil qilinganligi, saylov va tayinlov jarayonlari ayniqsa har bir viloyat kesimida teng taqsimlangani va bu taqsimlanish orqali chekka hududlardagi yoshlar muammolarini o‘rganish va samaradorligini oshirish bo‘yicha o‘zlarining fikrlarini bildirib, tizimning murakkab va tartibli, har tomonlama o‘ylab tuzilganligini ta’kidlab o‘tdi.

Spikerlar o‘z so‘zlarida, yoshlar siyosatidagi olib borilayotgan “O‘zbek modeli” tizimiga ham to‘xtalib o‘tishdi va bugun O‘zbekistondagi yoshlar uchun yaratib berilgan imkoniyatlar, hamda bu jarayondagi Yoshlar parlamentining o‘rni haqida so‘z yuritildi.  Uchrashuv so‘ngida esa xulosalar bilan birgalikda keyingi o‘tkaziladigan tadbirlar sanasini ham belgilab olindi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish