Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

DUO OLGAN OTAXON

21.5.2022 346

Sardor SA'DULLAYEV

Xullas, metroda ishdan qaytayotgan edim, poyezdga yoshi taxminan yetmishlardan osh­gan otaxon chiqdi. Kimdir joy berishini kutib turdi, albatta. Hech kimdan sado bo‘lmagandan keyin o‘zi qatori bir mo‘ysafid tengdoshiga joy bo‘shatdi. Shunda yoshlar tomonidan emas, o‘zining teng­doshi tarafidan hurmat ko‘rsatilgan bobo ehti­rom ko‘rsatgan do‘stini duo qildi: “Ilohim umringiz uzoq, rizqingiz butun bo‘lsin. Hech qachon yuzingiz sarg‘aymasin, doimo el-yurt hurmatida bo‘ling…”.

Duo olgan otaxon xuddi bola kabi sevinib, qad­dini tik tutgancha masrurlandi. Qoyil, tasanno. Mana madaniyat. Mana yoshi ulug‘lar tomonidan “mentalitet”ning yuksak darajada hurmat qilini­shi-yu, xuddi shunday darajada yoshlar tomoni­dan an’analarning oyoqosti qilinishi.

O‘sha payt o‘rindiqda o‘tirganlar safida tog‘ni talqon qilgudek, bir o‘tirishda buqani yeb qo‘yaman degan alp yigitlar ham bor edi. Le­kin… Men bu yigitlarni ayblar ekanman, o‘zimning ham bu jarayonga nisbatan egallagan befarqlik pozitsiyamdan uyalib ketdim. Axir, o‘sha do‘stlarimga men ham “og‘ayni, o‘zingizdan kattaga joy bering”, desam bo‘lardi. Biroq bunga jur’at qilolmadim.

Atrofdagilar-chi? Ular ham mendek jur’atsiz­mikan yoki ularga bunaqa voqealarning qizig‘i yo‘qmi?! Bilmadim...

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish