Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

YOZNI “KAMALAK” BILAN!

27.7.2022 801

Nigora ORIFJONOVA, Yoshlar ittifoqining Sirdaryo viloyati kengashi axborot xizmati xodimi.

Ta’til vaqtida bolalarning iste’dodini ro‘yobga chiqarish, bo‘sh vaqt­larini mazmunli tashkil etish, turli loyihalar orqali o‘g‘il-qizlardagi ijti­moiy faollikni rivojlantirish maqsadida Sirdaryo viloyati “Kamalak” bo­lalar tashkiloti Jizzax viloyatida joylashgan “Zomin” bolalarni sog‘lom­lashtirish oromgohida “Yozni “Kamalak” bilan!” loyihasini o‘tkazdi.

Loyihaga oromgohdagi 270 nafar bola qamrab olinib, faol yoshlar va viloyat Sardorlar Kengashi a’zolaridan tuzilgan murabbiylar jamoasi ularga “Sardor kim?”, “Kamalak va bolalik”, “Vaqtni to‘g‘ri taqsimlash”, “IT – zamon talabi”, “Zamonaviy bolajon qanday bo‘lishi kerak?”, “Kitob o‘qish­ning samarali usullari” kabi mavzu­larda seminar-treninglar o‘tishdi.

Kunning ikkinchi qismida joriy yilgi “Quvnoqlar va zukkolar” tanlovining respublika bosqichi g‘olibi bo‘lgan “Yoshlar ittifoqi” terma jamoasi to­monidan ijodiy chiqishlar namoyish etildi. Shuning bilan birga, guruhlar o‘rtasida “Quvnoq raqslar” tanlovi tashkil etildi. Iste’dodli yosh san’atkor­lar tomonidan kuy-qo‘shiqlar ijro etildi.

“Yozni “Kamalak” bilan!” loyiha­si doirasida tashkil etilgan semi­nar-treninglar, tadbirlar, aksiyalar, musobaqalarda faol ishtirok et­gan bolalar, hamkor tashkilot va­killari diplom va “Yoshlar ittifoqi”, “Kamalak” brendi ostidagi esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish