Qarshi shahar 19-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va ularni sog‘lom turmush tarziga yo‘naltirish maqsadida “Dolzarb 90 kun”lik keng ko‘lamli tadbirlar o‘tkazilmoqda.
Hozirda maktabda voleybol, shaxmat, shashka, stol tennisi kabi sport to‘garaklari bilan birga, musiqa, texnologiya, rus tili, kitobxonlik, boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishlarida ham mashg‘ulotlar faol tashkil etilgan.
Haftalik reja asosida:
Dushanba – “Yosh kitobxonlar kuni”
Seshanba – Boshlang‘ich ta’lim fanlariga oid mashg‘ulotlar
Chorshanba – Musiqa darslari va to‘garaklari
Payshanba – Rus tili fani mashg‘ulotlari
Juma – Sportga boy kun: voleybol, shaxmat va shashka
Shanba – Texnologiya faniga oid amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilmoqda.
Tadbirlar ko‘tarinki ruhda o‘tmoqda. Ota-onalar farzandlarining faol ishtirokidan mamnun bo‘layotgan bo‘lsa, o‘quvchilar yangi bilim va ko‘nikmalarni zavq bilan o‘zlashtirmoqda.“
Dolzarb 90 kun” doirasidagi bunday tashabbuslar nafaqat maktabda, balki butun Qarshi shahrida yoshlarning faol va sog‘lom hayot tarzini shakllantirishga xizmat qilmoqda.