Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

Dunyodagi eng zaif valyutalar: o'ntalikda o'zbek so'mi ham bormi?

23.2.2024 427

Yoshlar ovozi

AQSH dollari eng kuchli valyuta sifatida ko‘riladi, chunki u eng ko‘p sotiladi. Dunyoda qiymati eng yuqori valyuta Kuvayt dinori bo‘lsa-da, AQSH dollari dunyo bo‘ylab qonuniy to‘lov vositasi sifatida tan olingan 180 ga yaqin valyutalarning yuqorisida turadi.

Eng kuchsiz valyutalar esa dollarning ancha kichik qiymatiga teng bo‘ladi. Ba’zi valyutalarda atigi 1 dollar sotib olish uchun ulardan o‘n mingta talab qilinishi mumkin.

Forbes nashri AQSH dollariga qiyosalaganda qiymati eng kuchsiz bo‘lgan valyutalar o‘ntaligini e’lon qildi.

Unga ko‘ra o‘zbek so‘mi avvalgi yildagi 7-o‘rindan bir pog‘ona yuqorilab, 6-o‘ringa joylashgan.

TOP 3  

Reytingda hamon Eron riali peshqadamligini saqlab turibdi. Hozirda 1 AQSH dollari 42 00 rialni tashkil qilmoqda.

Ikkinchi o‘rinda ham o‘zgarish ro‘y bermagan. Hamon Vyetnam dongi Erondan keyin eng zaif valyuta bo‘lib turibdi. 1 AQSH dollari 24 500 dongga teng.

Uchinchi o‘rinda esa Laos milliy valyutasi kip bormoqda. 1 AQSH dollari deyarli 21 ming kipga teng.

Yana bir pogʻona yuqori

O‘zbek so‘mi esa yuqorida ta’kidlanganidek 6-pog‘onadan joy olgan. E’tiborlisi 2023-yilgi reytingda so‘m 7-o‘rinda edi. Markaziy bank ma’lumotiga ko‘ra, 1AQSH dollari 12 495 so‘mni tashkil qilmoqda.

AQSH dollariga nisbatan eng arzon valyutalar

Quyida 1 AQSH dollariga nisbatan dunyodagi eng arzon o‘nta valyutaning qiymatlari keltirilgan:

1. Eron riali — 42 037 

2. Vyetnam dongi — 24 535

3. Laos kipi — 20 839

4. Syerra-Leone leonesi — 19 750

5. Indoneziya rupiyasi — 15 635

6. O‘zbek so‘mi — 12 495

7. Gvineya franki — 8 584

8. Paragvay guaranasi — 7 293

9. Uganda shillingi — 3 878

10. Iroq dinori — 1 3

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish