Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

Kino orqali insonlarning fikrlarini o‘zgartirib yuborish mumkin - Bahodir Nishonov kino san'ati haqida

3.4.2024 2602

Yoshlar ovozi

Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi, Kinematografiya agentligi hamda "Ma'rifat targ‘ibotchilari" jamiyati hamkorligida "Bir bo‘lsak - yagona yagona xalqmiz, birlashsak - Vatanmiz!" shiori ostida "Kinokarvon" Respublika bo‘ylab yo‘lga chiqdi.

Karvonning ilk manzili Sirdaryo viloyati bo‘ldi. Viloyatga poytaxtdan 10 ga yaqin kinoijodkorlar, yozuvchi va ziyolilar tashrif buyurdi. Tadbirlar Guliston shahar Yoshlar markazidan boshlandi. Unda xalq sevgan ijodkor Bahodir Nishonov so‘zga chiqdi.

"Ba'zida mendan nega ijodni tanlaganimni so‘rashadi. Bu bolalik xotiralarimga bog‘lanadi. 1950-yillarda endigina televideniye chiqqan davrlarda soat 7 da butun mahalladagilar bizni hovlida yig‘ilishardi. Avval "Axborot" berilardi. Undan keyin esa hind kinolari boshlanardi. Ularni hamma yig‘lab ko‘rardi. Shu sabab kinoga mehr uyg‘ongan. Axir bu kasb egalari o‘z qahramonlari orqali insonlarni ham kuldira oladi, ham yig‘lata oladi. Shuningdek, bor yo‘g‘i bir yoki bir yarim soatlik shunday kino orqali insonlarning ma'lum mavzudagi fikrlarini butunlay boshqa tomonga o‘zgartirish mumkin. Filmlarning, ijodkorlarning shunday mahorati bor.

Ammo kinoda ijod u qilish u qadar oson emas. Hamma kasbda bo‘lgani kabi biz ham turli mashaqqatlardan o‘tganmiz. Masalan, men uchun hayotda yashab o‘tgan shaxsni gavdalantirish qiyinroqdek tuyuladi. Axir uning o‘zini xarakteri, ohangi va mimikalari bo‘ladi. Uni to‘laligicha o‘xshata olish uchun iste'dod talab qilinadi", deydi aktyor.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish