Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

KREDIT TARIXINI YAXSHILASH MUMKIN

13.3.2024 265

Pulli Gap

Kredit tarixi – sizning qaysi kredit tashkilotidan qancha kredit olganingiz, uni qanday to‘laganingiz to‘g‘risida batafsil ma’lumotdir.

Agar kredit olib, foiz va asosiy qarzini o‘z vaqtida to‘lab bormagan bo‘lsangiz, kredit tarixingiz yomonlashadi. Yomon kredit tarixi esa banklar sizga qayta kredit bermasligiga sabab bo‘ladi.

Qarzingizni kechiktirib to‘laganingiz haqidagi ma’lumot 5 yilgacha saqlanib qoladi. Bu esa, 5 yilgacha kredit ololmasligingizga sabab bo‘lishi mumkin degani.

Yomon kredit tarixidan chiqish uzoq vaqt talab etadi. Buning uchun siz, eski qarzdorliklaringizni yopib, kichikroq kredit muassasasidan, mikrokredit tashkilotlaridan kredit olishga harakat qilib ko‘ring. Masalan, muddatli to‘lovga texnika olsangiz bo‘ladi.

Kreditni o‘z vaqtida, qat’iy ravishda kredit jadvaliga rioya qilib to‘lab boring. Imkoningiz bo‘lsa, uni muddatidan oldin to‘lang. Bu orqali siz o‘zingizni intizomli mijoz sifatida namoyon etasiz. Shunday qilib, sizning kredit tarixingiz asta-sekin yaxshilanadi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish