2024-yilning yanvar oyida O‘zbekistondagi davlat va tijorat banklarida uzoq muddatli kreditlarning foizi yuqorilab, o‘rtacha hisobda 24,5 foizga yetgan (Imtiyozli kredit va mikroqarz hisobga olinmagan holda). Bu haqda Markaziy bank ma’lumot berdi.
Taqdim etilgan hisobotda ko‘rish mumkinki, joriy yilda kreditning o‘rtacha foizi 2023-yilning mos davriga nisbatan 1,8 foizga oshgan. Jismoniy shaxslar uchun ajratilayotgan kredit o‘rtacha 25,1 foizni, yuridik shaxslar uchun 22,9 foizni tashkil etmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, hozirda O‘zbekistondagi banklarda kreditning eng yuqori stavkasi 49 foiz, eng kam stavkasi esa, 14 foizni (imtiyozli) tashkil etmoqda.
So‘nggi o‘n yil ichida kreditning o‘rtacha foizi quyidagicha o‘zgargan:
2014-yilda 16,2 foiz;
2015-yilda 14,2 foiz;
2016-yilda 14,1 foiz;
2017-yilda 15,0 foiz;
2018-yilda 19,9 foiz;
2019-yilda 24,8 foiz;
2020-yilda 20,6 foiz;
2021-yilda 21,3 foiz;
2022-yilda 22,4 foiz.
2023-yilda 22,9 foiz.