Umumta'lim maktablarida qishgi ta'til davom etmoqda. O'zbekiston bolalar tashkilotining "Kreativ ta'til" loyihasi doirasida joylarda turli qiziqarli ma'rifiy suhbatlar, sport va intelektual o'yinlar bo'yicha musobaqalar o'tkazilmoqda.
Toshkent viloyati yoshlarining yetakchisi Nodir Xojiev Bekobod tumanida bo'lib, ta'tilni maroqli o'tkazayotgan yoshlar bilan muloqot qildi. Shuningdek, Bekobod shahri va tumanida yoshlar uchun davlat siyosatini amalga oshirish borasida o'tgan yil yakunlari, joriy yil uchun rejalar yuzasidan fikr almashildi. Bu boradagi ijobiy tajribalar va kamchiliklar tahlil qilindi.
Xuddi shunday muloqotlar Nurafshon shahri, Piskent va O'rta Chirchiq tumanida ham o'tkazildi.