Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

Munosib nomzod

10.7.2023 6373

Xudoyberdiyev Shahzod Farxodovich – Yoshlar ishlari agentligi Shoʻrchi tuman boʻlim boshligʻi lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar Shahzod Xudoyberdiyev Shoʻrchi tumanidagi “Navroʻz” mahallasi yoshlar yetakchisi lavozimida faoliyat yuritgan.

Shahzod mehnat faoliyatini juda erta boshlagan boʻlib u 20 yoshida Oʻzbekistondagi eng yosh savdo-sanoat palatasi rahbari, 22 yoshida eng yosh mahalla fuqarolar yigʻini raisi, 23 yoshida Xalq deputati boʻlgan. Yoshlar yetakchisi etib tayinlanganiga qadar “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Shoʻrchi tuman kengashi raisi sifatida faoliyat yuritgan.

Bugunga qadar u:

2022-yil “Fidoyi yoshlar yetakchisi” koʻrik tanlovining Surxondaryo viloyat bosqichida 1-oʻrinni egallagan

2022-yil “Eng yaxshi yoshlar yetakchisi” koʻrik tanlovining Surxondaryo viloyat bosqichida 1-oʻrinni egallagan

2022-yil 11/13- dekabr kunlari Qozogʻistonning Ostona shahrida boʻlib oʻtgan I-Qozogʻiston va Oʻzbekiston Yoshlari Kongressida faol ishtirok etgan va Xalqaro Sertifikat bilan taqdirlangan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish