Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

Polvonlar “Alpomish”da uchrashdi

29.11.2023 1336

Anvar To‘ychiyev, Sirdaryo viloyati Yoshlar siyosati va sport boshqarmasi axborot xizmati boshlig‘i

Guliston shahridagi “Alpomish” sport majmuasi sportning belbogʻli kurash turlari boʻyicha erkaklar va ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatiga mezbonlik qildi. Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Oʻzbekiston belbogʻli, bel olish va uch kurash milliy assotsiatsiyasi, Sirdaryo viloyati hokimligi tashabbusi bilan tashkil etilgan sportning bel olish va uch kurash turi boʻyicha kattalar oʻrtasida jahon chempionati bahslariga dunyoning yetakchi sportchilari tashrif buyurdi.

Mamlakatimiz ilk bor mezbonlik qilayotgan musobaqaning uchkurash bahslarida erkaklar 8 ta vazn, qizlar 3 ta vazn toifasida oʻzaro bellashdi. Bellashuvlar murosasiz bahslarga boy boʻldi. Ayniqsa, soʻnggi kun ogʻir vazndagi polvonlar oʻrtasidagi final bahslar shiddatli va murosasiz kechdi. Xovoslik Baxtiyor va Husan polvon hamda mirzaobodlik Islom polvonning final bahslaridagi ishtiroki barchaning koʻngliga xush yoqdi.

Jahon chempionatida umumjamoa hisobida Oʻzbekiston terma jamoasi 1-oʻrinni band etgan boʻlsa, Tojikiston vakillari 2-, Qozogʻiston polvonlari 3-o‘rinni egalladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish