Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

“Semurg‘” fotoko‘rgazmasiga yoshlar munosabati suratlarda...

8.6.2023 9364

Fotomuxbir: Xolida Musulmon

Markaziy Osiyo she’riyatining xilma-xilligi, ayniqsa zamonaviy she’riyat nemis kitobxonlari uchun deyarli noma’lum. Shu bois Qozog‘iston va O‘zbekistondagi Gyote-Institutlari bir-biri haqida juda kam ma’lumotlarga ega bo‘lgan. Ushbu ko‘rgazma adabiyotlarni bir-biriga qiziqtirish, eshiklarni ochish va o‘zaro almashinuvni ta’minlashni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.


Yaqinda nashr etilgan nemis tilidagi birinchi Markaziy Osiyo she’riyati to‘plami O‘rta Osiyo madaniyatlari, tarixi va tillari haqida turli xil taassurotlarni taqdim etadi – u juda ko‘p narsalarni ajratib va shu bilan bir vaqtda birlashtirib ham turadi.


Ko‘rgazma Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston shoirlarini ularning fotosuratlari orqali bir-biriga yanada yaqinlashtiradi. Suratlar 2022-yil sentabr oyida Toshkentdagi Gyote-Institutida bo‘lib o‘tgan Germaniya va Markaziy Osiyo birinchi she’riyat festivali doirasida olingan.
Nemis fotografi Drik Skiba imkoniyatdan foydalangan holda festivalda ishtirok etgan qalamkashlarni suratga oldi va ularning ijodkor qiyofasini yaratdi.


“Yoshlar ovozi” gazetasi fotomuxbiri Xolida Musulmon esa o‘zbek yoshlarining o‘z ijodkorlariga befarq emasligini isbotlash yuzasidan ko‘rgazmadan fotojamlanma tayyorladi!

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish