Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

Shaxmat: Ayollar o‘rtasida ilk jahon chempioni Afruza Hamdamova tantanali kutib olindi

27.11.2023 1340

Italiyada shaxmat boʻyicha yoshlar o‘rtasida bo’lib o’tgan jahon chempionatida hamyurtimiz 14 yoshgacha boʻlgan yosh toifasida Afruza Hamdamova g’olib bo’ldi.

26-noyabr kuni o'zbekistonlik isteʼdodli yosh shaxmatchi Afruza hamda delegatsiya a'zolarini aeroportda Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva kutib olib, Prezidentimizning tabrigi va sovg'asini yetkazdilar. 

Shuningdek, Yoshlar Press klubida chempion qizimizga 100 million soʻm, murabbiyiga esa 50 million soʻm pul mukofotlari topshirildi.

- Chempion qizimiz Afruza Hamdamova Toshkentga qaytib keldi! Ayol shaxmatchilarimiz orasida o‘smirlar o‘rtasida birinchi jahon chempioni sifatida O‘zbekiston shaxmati tarixiga kirgan bu zukko va dovyurak qizaloqni shaxsan kutib olganim menga alohida mamnuniyat bag‘ishlaydi. O‘z g‘alabalari bilan barcha tashabbuslarimiz, biz kurashayotgan maqsadlarimiz to‘g‘ri ekanini tasdiqlagan Afruzadan juda minnatdorman. Teng imkoniyatlar, xotin-qizlarga hurmat va ular iqtidorining e’tirofi shular jumlasidan. Qizaloqning bosh murabbiyi – otasi Akbar aka Hakimovga alohida rahmat aytmoqchiman. Qizingizning iste’dodini rivojlantirishga kuch va vaqtingizni ayamaganingiz uchun tashakkur. Xotin-qizlarimizni yuqoriga ko‘tarayotgan bunday otalar, erkaklar yanada ko‘p bo‘lsin. Afruzamizga hamisha omad va baxt hamroh bo‘lsin! - dedi Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish