Ayniqsa, tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagi bo‘lgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, qishloq xo‘jaligi tarmoqlarida ularni bandligini taʼminlash kabi qator yo'nalishlarda eʼtiborga munosib ishlar qilinmoqda.
Agarda sizning ham yo‘lingiz Zangiota tumaniga tushsa ko‘plab xonadonlarda yoshlar yetakchisini tashabbusi va ko‘rsatmasi bilan o‘z tadbirkorligini yo‘lga qo‘yib, mo'maygina daromad topayotgan yoshlarni uchratasiz.
Jumladan, mazkur tumanda yashovchi Nazar Intimoqov ham yaroqsiz shinalardan oyiga 15 million so‘m daromad topayotgan uddaburon yoshlardan biri sanaladi.
Toshkent viloyatida boshqa sohalarning ham etagini mahkam tutib, oilaviy daromadga hissa qo‘shishga intilayotgan yoshlar ko‘pchilikni tashkil etadi.