Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

Kundalik.com nima?

7.9.2022 15443

Kundalik.com nima?

Kundalik.com ota-onalar va maktab hamkorligini mustahkamlash maqsadida joriy qilingan ta'lim resursi sanaladi

Kundalik.com — raqamli ta'lim platformasi bo'lib, o'qituvchilar uchun onlayn rejimda darslarni rejalashtirish, dars ishlanmalarini tuzish, o'quvchilarning davomati va yutuqlarini jurnal hamda kundalikning elektron shakllarida yuritish imkonini yaratadi.

 

Kundalik.com majburiymi?

Kundalik.com tizimiga obuna bo'lish ota-onalar uchun ixtiyoriy sanaladi. Foydalanuvchilar to'g'risidagi barcha ma'lumotlar “O'zbektelekom” serverlarida saqlanadi. Bu esa o'quv jarayonlariga aloqador barcha ishtirokchilarning shaxsiy ma'lumotlari ishonchli himoyada ekanligini anglatadi.

 

Tizimga a'zo bo'lish narxi qancha?

Kundalik.com loyihasi to'liq investitsiya mablag'lari hisobidan moliyalashtirilgan bo'lib, dasturiy mahsulotni yaratish, uni maktablarga joriy etish, saqlash va rivojlantirish uchun byudjet mablag'lari sarflanmaydi.

 

Ta'kidlash lozimki, Kundalik.com tizimi ota-onalar uchun qator qulayliklarni yaratadi.

Jumladan, onlayn tarzda:

  • farzandlarining darsga qatnashayotgani;
  • darsni qay darajada o'zlashtirib borayotgani;
  • ertangi kungi uy vazifalari xususida tezkor ma'lumotlarga ega bo'lishi mumkin.

Xulosa qilib aytganda, Kundalik.com tizimi o'qituvchilar va ota-onalarning o'zaro mustahkam hamkorligini ta'minlashda ishonchli ko'prik bo'lib xizmat qiladi.

 

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish