Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

O‘z biznesini yo‘lga qo‘yish muvaffaq bo‘lgan tadbirkor Gulbahor Tojimirzayeva

10.5.2023 1216

Gulbahor Tojimirzayeva — Xitoydagi “Shengli Trade” LTD asoschisi, 12 yildan buyon Xitoyda yashab tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanib kelayotgan Xitoyning oʻzbek kelini.

1991-yil 25-iyulda Namangan viloyatida tavallud topgan. 2014-yil Xitoy Xalq Respublikasi Janubiy Xitoy agrar universiteti Xalqaro iqtisod va savdo mutaxassisligi boʻyicha bakalavr bosqichini muvaffaqiyatli tamomlagan.

Xitoy bozorida mahsulot va texnologiyalarni import va eksport qilish boʻyicha 8 yillik ish tajribasiga ega. Oʻzbekiston hududidagi bir qancha korxonalarning investori hamda mahalliy maslahatchisidir. Gulbahorning 5 yoshidanoq til oʻrganishga ishtiyoqi baland bo’lgan. Yosh tadbirkorning ushbu qarorini ota-onasi qo’llab-quvvatlaydi va xitoy tilini o’rgatadigan ustoz topib, kursga berishadi. Keyinroq u Xitoyning Xarbin shahridagi til kursida o’qish uchun Xitoyga jo’nab ketadi.

Oʻqish davrida juda koʻp koʻrgazmalarda ishtirok etib, volontyor sifatida ishlaydi va juda koʻp tadbirkorlar bilan tanishadi. Ular keyinchalik yangi korxonaga asos solishida katta turtki boʻladi. Oʻqishni tamomlab, 2014- yilda Guangzhou shahrida import va eksport boʻyicha xalqaro savdo bilan shugʻullanuvchi korxonaga asos soladi.

Oʻzbekistonga kiritgan birinchi investitsion loyihasi, “WangDa Metel” oʻzbek-xitoy qoʻshma korxonasi boʻlib, Sirdaryo viloyatida asos solingan. Hozirga kelib 10 ga yaqin oʻzbek-xitoy qoʻshma korxonalariga asos solgan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish