Xurshid Toxirov – 22 yoshda. Buxoro shahridagi “Alisher Navoiy” mahallasida yashaydi.
Murojaat mazmuni:
Zargarlik faoliyatini boshlash uchun zarur mehnat qurollarini so‘rab murojaat qilgan.
Yoshlar yetakchisi Ferangiza Jalilova Xurshid bilan uchrashib, suhbatlashgan, oilaviy holatini o‘rgangan va “Yoshlar daftari”ga tavsiya qilgan.
Oilaviy holati:
– Uylanmagan, ota-onasi bilan yashaydi;
– Xususiy sektorda oshpaz bo‘lib ishlaydi;
– Muqim daromad manbayiga ega emas;
– Ijtimoiy himoya yagona reestrida ro‘yxatda turadi.
Natija:
– Zargarlik faoliyatini boshlash uchun “Yoshlar daftari”ga kiritilib, subsidiya asosida zargarlik asbob-uskunasi ajratildi;
– Zargarlik faoliyatini yo‘lga qo‘ygan;
– O‘zini rasmiy band qilgan;
– Turkmaniston va Tojikiston davlatlaridan mijozlariga ega;
– Yillik o‘rtacha daromadi 25-30 million so‘m;
– Uning maqsadi sharif shahar qadriyat va an’analarini o‘zida mujassam etgan zargarlik brendini yaratishdir.