Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

2023-yildan ba'zi talabalarning kontrakti Davlat byudjetidan toʻlab beriladi

25.2.2023 686

3 yil ishlab berish sharti bilan

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-iyundagi PQ-289-sonli qaroriga asosan, 2023/2024-oʻquv yilidan boshlab, pedagoglar tayyorlovchi oliy taʼlim muassasalarining qoʻshma taʼlim dasturlarida tahsil olayotgan talabalarning hamkor xorijiy OTMda oʻqish davri uchun toʻlov-kontrakti Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan qoplab beriladi.

Bunda:

  • Pedagog kadrlar tayyorlovchi OTMlarning qo'shma ta'lim dasturlarida to'lov-kontrakt asosida ta'lim olayotgan va yuqori akademik ko'rsatkichlarga ega bo'lgan talabalari o'rtasida tanlov o'tkaziladi
  • tanlovda g'olib bo'lgan talabalar bilan davlat maktabgacha, umumiy o'rta, o'rta maxsus, professional va oliy ta'lim muassasalarida kamida uch yil ishlab berishni nazarda tutuvchi shartnoma rasmiylashtiriladi. 

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish