Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

25 imtiyozdan xabardormisiz? 3-IMTIYOZ:

14.1.2023 269

Shohinur DAVLATJONOV, Yoshlar ishlari agentligining Yoshlar bandligi va tadbirkorligiga ko‘maklashish boshqarmasi bosh mutaxassisi

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi 312-sonli qarori bilan mahalladagi yoshlar yetakchisi tavsiyasi asosida “Yoshlar daftari”ga ro‘yxatga olingan yigit-qizlar bilim olishi, kasb-hunar oʻrganishi, davolanishi, doimiy ish bilan taʼminlanishi, subsidiya asosida asbob-uskunalar olishi, moddiy ahvolini tiklashi, tadbirkorligini boshlash va rivojlantirishi uchun 25 ta yo‘nalishda yordam olishi mumkin.

 

3-IMTIYOZ: Haydovchilikka oʻqish uchun

Yoshlarning davlat va nodavlat taʼlim tashkilotlarida avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash oʻquv kursi xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratiladi. 

Kimlarga beriladi?

– “Temir daftar”ga kiritilgan oila farzandlari;

– “Ayollar daftari”ga kiritilgan ayollar farzandlari;

– “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” AT orqali kam taʼminlangan deb eʼtirof etilgan oila farzandlari;

– mehribonlik uylari, bolalar va oilaviy bolalar uylarida tarbiyalangan yoshlar;

– kam taʼminlangan oiladagi ishsiz yoshlar.

Miqdori:

– Bazaviy hisoblashning 4 baravarigacha.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish