Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

5 mln so'mlik vazir ustamasini olishi mumkin bo'lgan pedagoglar ro'yxati tasdiqlandi

30.3.2023 556

Davlatimiz rahbarining tashabbuslari bilan maktab taʼlimi tizimida yuqori natijalarga erishayotgan o‘qituvchilarni rag‘batlantirish maqsadida yo‘lga qo‘yilgan yana bir xayrli tashabbus muvaffaqiyatli amalga oshdi. Aniqroq aytganda, yurtimizdagi 1697 nafar o‘qituvchi Vazir jamg‘armasidan to‘lanadigan ustama sohiblariga aylanishdi.

Ular joriy yilning aprel oyidan dekabr oyiga qadar (9 oy) mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 5,5 baravari miqdorida (5 mln so‘m) har oylik ustama olishadi.

Boshlangan mazkur ezgu harakat nafaqat ustamaga ega bo‘lgan o‘qituvchilarning kelgusidagi faoliyatlariga, balki boshqa pedagoglarga ham katta motivatsiya berishi, ularning ham o‘z ustilarida ishlashlari orqali ijobiy natijalarga erishishlariga turtki bo‘ladi.

Vazir jamg‘armasidan ustama olishga munosib nomzodlarni tanlab olish jarayonlaridan 5000 mingdan ortiq nomzodlari berilgan ustozlardan 2 bosqichda sinov jarayonlari o’tkazildi.

Dastlabki bosqichda Davlat test markazi tomonidan “Boshlangʼich taʼlim”, “Аniq va tabiiy fanlar”, “Xorijiy tillar”, “Ijtimoiy fanlar” va “Аmaliy fanlar” yoʼnalishlarida nomzodlarning dars beradigan umumtaʼlim fani boʼyicha bilim darajasini baholash uchun test sinovlari, ikkinchi bosqichda esa kasbiy mahoratni baholash uchun suhbat jarayonlari bo'lib o'tdi.

Quvonarlisi, ilk bosqichda 100 foizlik natijani qayd etgan ustozlarimiz kasbiy mahoratni baholash uchun o‘tkazilgan suhbat jarayonlarida ham yuqori ballarni qo‘lga kiritishdi. Demak, bu ustozlar faqat o‘zlarining fanlarini yuqori darajada bilibgina qolmay, ularni o‘z o‘quvchilariga yetkazib berishda ham yuksak kasbiy mahoratga egalar.

To‘g‘ri, tanlov jarayonlariga bir yo'la tizimdagi barcha malakali pedagoglarni qamrab olish imkonsiz. Ammo ahamiyatlisi shuki, o‘qituvchilar har yili Vazir jamg‘armasidan to‘lanadigan ustamaga nomzod bo‘la olishadi. Har yili Hududiy kengashlar tomonidan taqdim etilgan nomzodlar orasidan har oylik ustama to‘lanadigan malakali pedagog kadrlarning saralash jarayonlari o‘tkaziladi.

O‘z kasbining munosib vakillari, fidoyi o‘qituvchilarning mehnati, albatta inobatga olinadi va rag‘batlantirib boriladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish