Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

O'zbekiston "eng baxtli mamlakat" deb topildi

20.3.2024 166

Yoshlar ovozi

Har yili 20-mart kuni Xalqaro baxt kuni nishonlanadi. Va shu kunda "World Happiness Report" o'z reytingini e'lon qiladi. 2024-yilgi reytingda O'zbekiston MDHda eng baxtli mamlakat deb topildi.

Reyting qaysi omillar asosida tuzilgan?

Ushbu reytingni shakllantirishda aholi jon boshiga Yalpi ichki mahsulot ko‘rsatkichlari, mamlakatda o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi, fuqarolarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va ularning fuqarolik erkinliklariga rioya etilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar, shuningdek, mamlakatdagi korrupsiya darajasi hisobga olinadi.

0 dan 10 gacha boʻlgan shkalada baho

143 mamlakat va hududdagi odamlardan oʻz hayotlarini noldan 10 gacha boʻlgan shkalada baholaganlar, 10 ball mumkin boʻlgan eng yaxshi reytingdir. Reytingni yaratish uchun oxirgi uch yildagi natijalar oʻrtacha hisoblanadi.

Umuman olganda, reytingga umr koʻrish davomiyligi, ijtimoiy aloqalar, shaxsiy erkinlik va korrupsiya kabi boshqa omillar taʼsir qiladi.

Reyting natijalari

Reytingda ketma-ket yettinchi marta birinchi o‘rinni Finlyandiya egalladi. Ikkinchi o‘rinda Daniya bo‘lib, kuchli uchlikni Islandiya yakunlab berdi.

Yuqori o‘ntalikka Shvetsiya, Isroil, Niderlandiya, Norvegiya, Lyuksemburg Shveysariya va Avstraliya ham kirdi.

Markaziy Osiyo davlatlaridan:

O‘zbekiston — 47-o‘rinda;

Qozog‘iston — 49-o‘rinda;

Qirg‘iziston — 75-o‘rinda;

Tojikiston — 88-o‘rinda;

Turkmaniston ushbu reytingga kiritilmadi.

Reytingda Rossiya 72-o‘rinda, Ukraina 105-o‘rinda qayd etilgan. MDH davlatlaridan Moldova 71-o‘rinda, Armaniston 82-o‘rinda, Ozarbayjon 101-o‘rinda. Belarusham Turkmaniston kabi ro‘yxatga kiritilmagan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish