Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

“Besh tashabbus” mevasi

22.11.2023 1406

2022-yili “Besh tashabbus olimpiadasi”ning “Yoshlar ovozi” respublika tanlovi g‘olibi – Sherbek Shavkatov Rossiyaning Moskva shahrida bo‘lib o‘tgan “Bizning avlod” xalqaro tanlovida mamlakatimiz nomidan ishtirok etdi.

Tanlovda 50 ga yaqin davlatdan ishtirokchilar qatnashdi. Yakuniy bosqichga O‘zbekiston, Rossiya, Armaniston, Braziliya, Belarus, Xitoy, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Ozarbayjon, Tojikiston, Mo‘g‘iliston, Janubiy Afrika Respublikasi davlatlari vakillari yetib keldi.

Yosh ijrochimiz Sherbek tanlovning final bosqichida eng munosib nomzodlar bilan kuyladi. Hakamlar qarori va ovoz berish natijalariga ko‘ra, Sherbek Shavkatov xalqaro tanlovda 4-o‘ringa munosib ko‘rildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish