Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

Bir nuroniy oʻn yoshga masʼul

15.11.2023 1411

Jonibek Jumayev, Yoshlar ishlari agentligining Buxoro viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari

Buxoro shahrida Yoshlar ishlari agentligi va “Nuroniy” jamgʻarmasi hamkorlikda tashkil etilgan “Bir nuroniy oʻn yoshga masʼul” koʻrik-tanlovining respublika bosqichi boʻlib oʻtdi. Tanlovning maqsadi keksa avlod vakillarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning hayotini yuqori darajaga koʻtarish va ijtimoiy faolligini oshirishga qaratilgan.

Koʻrik-tanlovning respublika bosqichi hayajonlarga boy tarzda kechdi. Yoshlarga maʼnaviy ozuqa berib kelayotgan ziyolilar va nuroniylar oʻz faoliyatining namunaviy darajaga koʻtarilganini namoyon eta olishdi. Yoshlar tarbiyasida keksa avlod vakillarining oʻrni nechogʻli ahamiyatga ega ekanini hayotiy voqealar bilan koʻrsatishdi.

Natijalarga koʻra, koʻrik-tanlovning Respublika bosqichida Buxoro viloyati birinchi, Toshkent shahri ikkinchi va namanganlik nuroniylar uchinchi oʻringa sazovor boʻldi.

Prezidentimiz qaroriga muvofiq, “Bir nuroniy oʻn yoshga masʼul” tamoyiliga muvofiq yoshlar har bir mahalladagi hayotiy tajribaga ega boʻlgan, zamonaviy fikrlaydigan, faol nuroniylarga biriktirilgan edi, – dedi “Nuroniy” jamgʻarmasi Buxoro viloyati boʻlimi rahbari Samoyiddin Huseynov. – Buxoroda boʻlib oʻtgan “Bir nuroniy oʻn yoshga masʼul” koʻrik-tanlovining respublika bosqichida joylarda nuroniylarimizning yoshlar bilan qay darajada ahillikda ishlashayotganining guvohi boʻldik.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish