Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

"Boburnoma" qoraqalpoq tiliga tarjima qilindi

31.10.2023 1539

Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma” asari ko‘plab xorijiy tillarga tarjima bo‘lgan. Endi esa bu asar qardosh qoraqalpoq tiliga o‘girildi. Asar ushbu tilga birinchi marta to‘liq tarjima qilindi.

Tarjima ustida qator taniqli adiblar mehnat qildi va nihoyat ishni oxiriga yetkazdi. Bu xushxabar ko‘pchilikni xursand qilishi aniq.  

“Boburnoma”da voqealar muallifning o‘z boshidan kechirganlari va o‘sha uzoq zamonlarning tarixiy faktlari bilan tutashib ketadi. Shu sabab ham kitobxon shahzoda Boburni, oshiq Boburni, shoh Boburni va uning janglardagi mardliklarini kitob matni orqali teran his qiladi.  

Kitob muallifi, ya’ni Bobur qo‘liga qalam olib o‘z boshidan kechirganlari, ko‘rganlari, eshitganlarini haqqoniy bayon qilishga ahd qiladi va umrining so‘nggi damlarigacha ahdiga sodiq qoladi.  

Shu sababli bu asar qadrlanadi va jahonning ko‘p tillariga tarjima qilingan. Asardagi ushbu g‘oyalar qoraqalpoq tilida ham aks ettirildi.  

Kitob O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi homiyligida "Sahhof" nashriyotida chop etilgan.  

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish