Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

Kiberxavfsizlik – raqamli asrda barqarorlik kafolati

23.5.2025 723

Aziza MAMADALIYEVA, O‘zJOKU talabasi

Zamonaviy dunyoda kiber tahdidlar soni tez sur’atlar bilan o‘sib bormoqda. Jahon ommaviy axborot vositalari har kuni yangi voqealar haqida xabar berib kelmoqda. Bularga misol tariqasida, virusli dasturlarni tarqatish, parollarni buzib kirish, kredit karta va boshqa bank rekvizitlaridagi mablag‘larni o‘zlashtirish talon-toroj qilish, shuningdek, internet orqali qonunga zid axborotlar, xususan, bo‘hton, ma’naviy buzuq ma’lumotlarni tarqatish kabilarni keltirish mumkin. Yirik xalqaro kompaniyalar va davlat idoralari kiber hujumlar to‘lqiniga duchor bo‘layotgani hamda xakerlar oddiy fuqarolarning bank hisoblariga hujum qilayotgani raqamli dunyoda tahdidlardan ishonchli himoya qilish tizimini yaratish lozim ekanligini anglatadi. Keling, kiberxavfsizlik nima ekanligini va nima uchun u har birimiz uchun juda muhimligini aniqlaylik.

Kiberxavfsizlik internetga ulangan tizimlarni (texnika, dasturiy ta’minot va ma’lumotlar) kiber tahdidlardan himoya qilish hisoblanadi. Shu o‘rinda “Kiberjinoyatchilik” tushunchasiga kelsak, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalaridan foydalangan holda, virtual tarmoqda dahshat solish, virus va boshqa zararli dasturlar, qonunga zid axborotlar tayyorlash va tarqatish, elektron xatlarni ommaviy tarqatish (spam), xakerlik hujumi, veb-saytlarga noqonuniy kirish, firibgarlik, ma’lumotlar butunligi va mualliflik huquqini buzish, kredit kartochkalari raqami hamda bank rekvizitlarini o‘g‘irlash (fishing va farming) va boshqa turli huquqbuzarliklar bilan izohlanadi.

Jahon miqyosidagi kiberxavfsizlikka to‘ztaladigan bo‘lsak, 2023 yilda bizneslarga bo‘lgan kiber hujumlar 50 foizni tashkil qiladi.

2021-yilda har 2 amerikalik internet foydalanuvchisidan 1 nafarini akkounti buzilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Buyuk Britaniya korxonalarining 39 foiz 2022-yilda kiberhujumga uchragani aniqlangan. 2022-yilning birinchi yarmida esa 53,35 million AQSH fuqorosi kiberjinoyatlardan jabrlangan.

2023-yilda 5 ta davlatda kiber jinoyatlar yuqori ko‘rsatgichni ko‘rsatmoqda:

Buyuk Britaniya – 75%

Estoniya – 85.83%

Latviya – 79.17%

Polsha – 90,83%

Ukraina – 80.83%

O‘zbekiston miqyosida ham bu ko‘rsatkichlar kichik emas. O‘zbekistonda hujumlar soni 25 barovarga oshgan deb xabar beradi Daryo.uz rasmiy sayti. 2024-yil may oyida O‘zbekistonning .uz domen cyeb-saytlariga 6,6 milliondan ortiq kiber hujumlar amalga oshirilgan. Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilda fuqorolar nomiga rasmiylashtirilgan onlayn kreditlar bilan bog‘liq 463 ta firibgarlik holati aniqlangan bo‘lib, bu holatlar jami 15 mlrd so‘m moddiy zarar keltirgan.

O‘zbekiatonda kiber jinoyatlar nima sababdan sodir etilmoqda?

O‘zbekistonda kiber jinoyatlar asosan ijtimoiy tarmoqlardan natog‘ri foydalanish va daromad qilishning noqonuniy yo‘lini tutish natijasida kelib chiqmoqda.

Kiber xavfsizlikni oldini olish uchun nimalar qilish kerak:

  1. Axborot xavfsizligini ta’minlash: shaxsiy ma’lumotlarni, bank kartasi raqamlarini va PIN-kodlarni oshkor qilmaslik zarur.
  2. Rasmiy manbalardan foydalanish: banklar va boshqa moliyaviy tashkilotlar bilan bog‘lanishda rasmiy kanallardan foydalanish, telefon orqali kelgan so‘rovlarga javob bermaslik kerak.
  3. Ta’lim va ma’rifat: jamiyatda firibgarlikning oldini olish uchun ta’lim va ma’rifat ishlarini kuchaytirish, fuqarolarni ogoh qilish muhimdir.
  4. Huquqni muhofaza qilish tizimini mustahkamlash: firibgarlik jinoyatlarini aniqlash va ularni jazolash tizimini takomillashtirish, firibgarlikni kamaytirishga yordam beradi.

Jinoyat kodeksining bir qator moddalarida kompyuter texnikasi vositalaridan foydalanib sodir etiladigan jinoyatlar va ularga nisbatan javobgarlik ko‘zda tutilgan. Jumladan, ushbu kodeksning 278⁵-moddasiga ko‘ra, o‘zganing kompyuter uskunasini qasddan ishdan chiqarish, xuddi shuningdek kompyuter tizimini buzish (kompyuter sabotaji):

3 yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilib, 66 mln 900 ming so‘mdan 89 mln 200 ming so‘mgacha miqdorda jarima;

2 yilgacha ozodlikni cheklash;

Shuningdek, mazkur harakatlarni guruh bo‘lib, takroran yoki xavfli residivist tomonidan sodir etish 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolashga sabab bo‘lishi mumkin. Unutmang, qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod etmaydi!Xulosa qilib aytganda: Firibgarlik — bu jamiyatning barqarorligini tahdid qiluvchi jiddiy muammo. Uning oldini olish uchun davlat, jamiyat va  har bir fuqaro o‘z o‘rnida mas’uliyatni his etishi zarur. Firibgarlikka qarshi kurashda hamkorlik va ogohlik muhim omillardir.

O‘zbekistonga qaratilgan kiberhujumlarning 90 foizi mamlakat tashqarisidan amalga oshiriladi

“Mahalliy kompaniyalarga, ayniqsa, bank sektori va to‘lov tizimlariga hujumlarning aksariyati odatda boshqa mamlakatlardan keladi. Ammo ba’zi mahalliy hakerlar hakerlik, firibgarlik va foydalanuvchilarni aldash bilan shug‘ullanadi. Albatta, ertami-kechmi ular topiladi va qo‘lga tushadi. Jazosiz qolish zavqi uzoqqa cho‘zilmaydi.

Imanzillardan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, 759 500 kiberhujum “vatani” Niderlandiya bo‘ldi. Bunday mamlakatlar qatorini shunday davom ettirish mumkin: AQSH, Rossiya, Germaniya, Hindiston va Xitoy. Ushbu tahdidlar O‘zbekistonga qaratilgan hakerlik hujumlarining qariyb 90 foizini tashkil etadi. Natijada kiberxavfsizlikni ta’minlashda transmintaqaviy hamkorlik zarur elementga aylanadi.

Kiberxavfsizlik va kiber jinoyatchilik masalalari bugungi kunda global va lokal miqyosda jiddiy tahdid sifatida qaralmoqda. Kiber jinoyatlar nafaqat yirik kompaniyalar, balki oddiy fuqarolarning shaxsiy hayotiga ham zarar yetkazmoqda. O‘zbekistonda ham kiber jinoyatlarning ko‘payishi, kiberxavfsizlikni ta’minlashning dolzarbligini oshiradi. Shaxsiy va jamoa xavfsizligini ta’minlash uchun ta’lim, qonunchilik va texnologik yangiliklar tizimli ravishda kuchaytirilishi zarur. Kiberjinoyatchilikka qarshi kurashishda har bir fuqaro va tashkilotning mas’uliyati juda muhimdir.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish