Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

Kitob rasm daftari emas!

30.5.2024 200

Pokiza AZIMOVA, Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi o‘quvchisi

Barcha kitobsevarlarning qadrdon manzili – kutubxona. Kitob – dardkash, sirdosh, do‘st va eng qimmatbaho boylik. Afsuski, buni hali anglab yetmaganlar oramizda topiladi. Bundaylar na kitob tilini tushunadi, na uning qadr-qimmatini. Ular kutubxona kitoblaridan asrab-avaylab foydalanish o‘rniga ularga ziyon yetkazadi.

Ular shunchalar beshafqatki, uning yuziga ruchka bilan chizib o‘qishadi. Kitobning eng qiziq joyini yirtib oladi. Ayrim gazeta-jurnallar sahifasidan yarmi yoki qaysidir surat qirqib olingan holatlarni ham ko‘ramiz.

Kitobning tili bo‘lsa-yu: “Ey inson bolasi, mendan foydalansang, bilmaganingni bildirsam, yordamga doimo shay tursam, nega xo‘rlayverasan! Axir men rasm daftari emasman-ku yoki sen tasviriy san’at darsida emassan?!” – deya ayta olsa. Lekin bu so‘zlarni kutubxonachilar doimo eslatadi. Afsuski, ayrimlarga bu eslatmalar ta’sir qilmaydi, qancha ogohlantirilmasin, baribir o‘z bilganidan qolmaydi.

Ana shunday insonlar uchun bir gapimiz bor. Sizning yuzingizga ham yozib, xohlagan rasmni chizib, endi yur, birga ko‘chaga chiqamiz deyishsa, rozi bo‘larmidingiz? Albatta, yo‘q. Kitob ham  odamdek, har bir varag‘i uning yuzi hisoblanadi. Sizdan keyin mutolaa qiluvchi insonga u ham bu holda ko‘rinishni xohlamaydi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish