Sirdaryo viloyatining bir guruh volontyorlari yurtimiz ko‘rkiga ko‘rk qo‘shayotgan, tozalikni saqlayotgan Obodonlashtirish boshqarmasining mehnatsevar va ko‘ngli toza insonlari holidan xabar olishdi.
Sovuqni sovuq demasdan mehnat qilayotgan insonlar volontyor yoshlar tomonidan issiq kofelar hamda shirinliklar bilan siylandi. Ular bir nafas tin olguncha volontyorlar tozalash ishlarini bajarishdi.