Mahmudxo‘ja Behbudiyning hayoti, ijodi, faoliyati hamda adib yashagan davr haqida qimmatli ma’lumotlar saqlanayotgan Samarqand shahridagi Mir Said Baraka ko‘chasida Behbudiy uy-muzeyi mavjudligini bilasizmi? Uy-muzey katalogi va unga kiritilgan eksponatlar tarixchilar, muzeyshunos, san’atshunos olimlar hamda keng jamoatchilik uchun muhim manba sanaladi.
Behbudiy Samarqandda o‘ziga xos ilmiy-ma’rifiy muhit yaratgan va "Turkiston jadidlarining otasi" degan nomga sazovor bo‘lgan shaxs. Muzeyda Mahmudxo‘ja Behbudiy tashabbusi bilan 1903-yilda Samarqand atrofidagi mahallalarda yangi maktablar tashkil etgani haqidagi ma’lumotlar bor. Mazkur ekspozitsiyada Behbudiy bilan bir davrda ijod qilgan jadidlarning asarlari ham o‘rin olgan.
Mahmudxo‘ja Behbudiy qisqa, ammo o‘zining zahmatli hayot yo‘li, sermahsul ijodi va fojiali taqdiri bilan har bir vatandoshimiz uchun ibratlik umr kechirdi. U o‘zbek jadidchilik harakatining yetakchilaridan biri bo‘lib, uning ma’rifatparvarlik, millatparvarlik faoliyati, dinni yaxshi bilishi, dunyoqarashining kengligi, vaqatparvarligi bilan tarix zarvaraqlarida alohida o‘rin tutadi. U yangi usuldagi maktablarni tashkil etish va zamonaviy bilimlarni tarqatishga katta hissa qo‘shgan ustozdir. Uning ta’lim sohasidagi harakatlari jamiyatda ma’naviy va madaniy rivojlanish uchun mustahkam zamin yaratgan.
Kuni kecha Samarqand shahridagi uy-muzeyiga Mahmudxo‘ja Behbudiy matbaa va nashriyot faoliyatini rivojlantirishga ham katta e’tibor qaratganini shaxsan guvohi bo‘ldik. Behbudiy Samarqandda "Turon" nomli matbaani tashkil etib, darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari va turli ma’rifiy kitoblarni nashr etgan.
M.Behbudiy uy-muzeyida matbaachilik dastgohining ayrim faoliyati orqali ta’lim uchun zarur adabiyotlarning keng ommaga yetib borishiga erishgan muzey eksponatlaridan joy olgan.
Turkiston jadidlik harakatining asoschisi, atoqli adib va jamoat arbobi, noshir va pedagog Mahmudxo‘ja Behbudiyning jadid maktablari va zamonaviy ta’lim usullariga asoslangan yondashuvlari bugungi o‘zbek ta’lim tizimida ilhom manbai bo‘lib xizmat qilmoqda. Uning jadid maktablari, matbaa faoliyati va ilg‘or g‘oyalari nafaqat o‘z davrida, balki bugungi kungacha ham ahamiyatli yo‘qotmadi.
Behbudiyning ta’limga bo‘lgan yondashuvlari millatning ma’naviy tiklanishi va rivojlanishida asosiy poydevorlardan biri sifatida e’tirof etiladi. Bugungi kunda ham bu g‘oyalar yosh avlodning ma’naviy kamolotini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega.
