Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

Qishloq bolalari

18.4.2023 7227

Xolida MUSULMON

Qishloq bolasini tabiat katta qiladi, deyishadi. Aslida esa ular tabiatga muhabbat bilan ulg‘ayadi: qir-adirda qo‘y boqib, kitob o‘qiydi, sport bilan ham dalada shug‘ullanadi.

Qishloq bolalari yo‘nilmagan go‘zallik ichida bolalikning eng go‘zal damlarini yashaydilar.  Xalqimizning noyob urf-odatlari-yu tesha tegmagan xalq og‘zaki ijodi namunalari ham chekka-chekka qishloqlarda hamon saqlanib kelmoqda. Bolalar esa qo‘ni-qo‘shnidan, katta momo-yu bobolaridan ana shu qo‘shiqlarni tinglab, ijodkor qalb bilan voyaga yetadi. Zamonaviy telefon o‘yinlari ularni jamoaviy musobaqalarchalik mahliyo qilolmaydi.

Kameramiz obyektivi Jizzax viloyati G‘allaorol tumanidagi Chuvilloq qishlogi bolalarining kundalik hayotini muhrladi. Ularni Siz bilan bo‘lishgimiz keldi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish