Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

TENG IMKONIYATLAR MARKAZI

1.10.2022 1447

Zilola MEYLIYEVA, Yoshlar ishlari agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasining ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlar bilan ishlash bo‘yicha mutaxassisi

Uzun tumanining chekka qishlog‘ida yashayotgan 17 yoshli Ilhomjon yaqin kungacha uy sharoitida yakka tar­tibda o‘qir edi. Ilhomjon Inklyuziv ta’lim markaziga jalb qilingach tengdoshlari bilan musiqa to‘garagida saboq ola boshladi. Inklyuziv ta’lim jarayonlari uning hamma bo­lalar qatori teng ta’lim olishi, sog‘lom o‘g‘il-qizlar o‘rganishi mumkin bo‘lgan saboqlarni u ham o‘zlashtirishiga ko‘maklashdi, yangi qirralari ochildi.

Inklyuziv ta’lim markazlaridagi ana shunday to‘garaklar nogiron bolalarning rivojlanishiga katta yordam beryapti. Ilhomjon Mux­torov hayotida ham Surxondaryo viloyati Inklyuziv ta’lim markazining o‘rni katta bo‘ldi.

Inklyuziv ta’lim hamma bo­lalar (shu jumladan, nogironlar) ning bir xil maktab va sinfda – bir xil sharoitda ta’lim olishini anglatadi. Ya’ni imkoniyati cheklan­gan bola sog‘lom bolalar bilan bir xil e’tiborda o‘qiy olishi kerak. Lekin shu paytgacha imkoniyati cheklangan bolalarning boshqa sog‘lom bolalar bilan teng sha­roitda o‘qiyotgani haqida maqtanib bo‘lmasdi. Negaki bu bora­da talaygina muammolar bor edi: alohida ta’limga ehtiyoji bo‘lgan bolalar o‘qitiladigan ayrim ta’lim muassasalarida ular uchun to‘siq­siz muhit va imkoniyatlar yaratil­magan, ta’lim muassasalari zarur adabiyotlar, metodik qo‘llanmalar, turli kasblarga o‘qitishga mo‘ljal­langan uskuna va jihozlar bilan to‘liq ta’minlanmagan.

Shu bois respublikamizning barcha hududlarida inklyuziv ta’lim markazlari faoliyati yo‘lga qo‘yil­di. Viloyatimizdagi Inklyuziv ta’lim markazida esa tayanch harakati­da, talaffuzida nuqsoni bor, ehtiyojmand oila farzandlari tikuvchilik, musiqa va matematika to‘garak­lariga jalb qilinmoqda.

Viloyatdagi Inklyuziv ta’lim markazida nafaqat ta’limiy va kas­biy ko‘nikmalar, balki bolalarning iste’dodini yuzaga chiqarishlari uchun ham turli madaniy va sport musobaqalari hamda ko‘rik-tan­lovlar o‘tkazib kelinmoqda. Xususan, “Besh tashabbus olimpia­dasi”ning 1-mavsumida 70 nafar imkoniyati cheklangan yoshlar o‘z imkoniyatlarini sinab ko‘rdi. G‘oliblar Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Aslida jismoniy imkoniyatlari cheklangan bolalar ham boshqa­lar qatori ta’lim olishga va mav­ jud imkoniyatlardan foydalanish­ga haqli. Shu bois Yoshlar ishlari agentligi nogiron shaxslarga mod­diy yordam berib, mehnat qilishi­ga zarur shart-sharoit yaratishga ham alohida e’tibor qaratmoqda. Birgina Surxondaryo viloyati misolida oladigan bo‘lsak, bugungi kun­da viloyatda nogiron yoshlar soni 3 ming 217 nafarni tashkil etadi. Ular­dan ijtimoiy himoyaga muhtoj 556 nafar nogiron yoshga 1 milliard 453 ming so‘m mablag‘ “Yoshlar daftari” jamg‘armasi hisobidan to‘lab berildi.

Bundan tashqari, Vazirlar Mah­kamasining 2022-yil 21-iyundagi “Nogironligi bo‘lgan yoshlarni ijti­moiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentlarni tas­diqlash to‘g‘risida”gi qarori asosi­da nogiron yoshlarga o‘qish, ya­shash va transport xarajatlarini qoplash uchun, shuningdek, as­bob-uskunalar va mehnat qurol­larini xarid qilish uchun subsidiya ajratishning ma’muriy reglament­lari ishlab chiqilib, Yoshlar ishlari agentligining Yoshlarga oid dav­lat siyosatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hiso­bidan har yili 500 nafargacha no­giron yoshlarga bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravarigacha miqdorda subsidiya ajratilishi bel­gilab qo‘yildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish